Yosin – mening hujjatim
“…to’g’risini aytsam, men ilgari o’g’ri bir bola edim. O’rganib qolgan ekanman, ov ilinjida bosh tiqmagan teshigim qolmagan. Birovning hamyonini kovlash, do’kondan nimanidur so’ramasdan olish, qo’shning moliga ko’z olaytirish – bular men uchun mayda chuyda ishlar edi. Bu jahiliyat zamonlarimni hech eslagim kelmaydi. Ammo o’n yillar muqaddam najib bir ibrat sodir bo’ldikim, o’g’rilikni tashlattirib qalbimga imon cho’g’ini solgan u voqeani har doim eslab turaman.
Mirshab (milisa) xalqi o’g’rilarni yahshi taniydi. Ularda qandaydir ichki sezgi, ichki tuyg’u bo’ladi, shekilli. Tajribali mirshablar yurish-turishidan qo’l va ko’z harakatlaridan bolaning kimligini farqlab oladi.
Bir kuni mening yo’limni to’sgan mirshablar ham tajribalilardan edi.
-O'g'riga o'xshaydi, - dedi biri ikkinchisiga.
Ko'p to'qnash kelgan emasmanmi, o'zimni erkin, beparvo tutaman. Biron narsani isbotlashga urinish befoyda baribir.
- Bo’limga olib borib, yaxshilab tekshirish kerak, - dedi ikkinchisi.
Xudo ko’rsatmasin.
- Oka ?! – deya bir og’iz so’z bilan e’tiroz va hayrat bildiraman.
Meni boshdan-oyoq ko’zdan kechirar ekanlar:
- Hov anavi cho’ntagingdagi nima? – deydi.
- Hujjatim! – deyman va beixtiyor ko’ylak cho’ntagimdan “hujjatimni” chiqarib beraman. Bu “hujjat”ni cho’ntagimga qachon, qaerda va nima uchun solib qo’yganimni o’ylab, hali bugungacha o’yimning oxiriga yeta olmayman.
- Iye, bu Yosin surasi-ku?! – deya ulardan biri yo’l bo’yida tik turganicha, bismilloh deb o’qiy boshladi: - Yosin. Val Qur’anil hakimi innaka laminal mursalina ‘ala sirotim-mustaqim. Tanzilal-‘azizir-rohim…
Men dovdiradim, dong qottim. Chunki, avvalo yonimda hujjatim yoq, ikkinchidan, yolg’onchi bo’ldim…Xudo haqqi, Alloh ularga insof berdi. Qo’limga Yosinni – Allohning kalomi bitilgan mo’jaz kitobchani tutqazarkan, biri ikkinchisiga:
- Yur, kettik, bu bola o’g’ri emas, - dedi.
Ular o’z yo’liga, men uyga qaytdim.
Shu-shu o’g’rilikni tashlaganman. Qalbimda Allohning kalomiga ixlosu muhabbat ham o’sha voqeadan keyin paydo bo’ldi…
To’g’ri gap, kitobni harflab qiynalib o’qirdim. Allohga oson ekan: uyda yotib olib, juda ko’p kitob o’qib tashladim arabiy imloni tuzuk-quruq bilmayman-u, ammo namozni kanda qilmayman.
Mana, ko’rib turganingizdek tinchlik uchun shu bozozrga chiqib sement sotaman. Bir kun unday, bir kun munday. Alloh bergan halol rizqni olib borib bola-chaqaga yediraman, ota onamning duosini olaman”.
Qalbida ichki bir hayajon gupurib turgan bu yigitning aytadigan gapi ko’p edi. Holbuki, vaqtim ziq. Gap-gapga ulanib boshlanib ketgan suhbatni to’xtatish niyatida sementning narxini yana bir bor so’rab, nari ketdim.
2000 yil II chorak Kitobidan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.