background
logotype
image1 image2 image3

Yomon xotima

Bir do’stim shunday voqeani hikoya qilib bergan edi. Institutda o’qib yurgan payitlarimda boy oilaning farzandi bo’lgan bir kursdoshim bo’lardi. U hamma narsani pul bilan o’lchar, kayf – safoni barcha narsadan ustun qo’yardi. O’zining ojiz inson ekanini sedan chiqarib, tiliga ham erk berib yuborgandi.

Hatto bir kuni: “Men o’lsam, jahannamga tushaman. Birga yuradigan qizlarim, men bilan birga aroq ichadigan o’rtoqlarim ham u erga tushishadi. Jannatga kirganimning foydasi yo’q, chunki men u erda zerikib qolaman, hech kimni tanimasam…”.
Yigit bu gaplarni gapira turib, o’ziga o’zi hokum qilganini bilmagandir, balki. Shunchaki o’rtoqlarini kuldirish uchun “valdiragandir”.
Oqibatni qarangki, ko’p o’tmay o’sha yigit o’zini o’zi osib o’ldirdi. Bu voqea ko’pchilikka ibrat bo’ladigan darajada edi.

Bahromiddin


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.