background
logotype
image1 image2 image3

Yangi yil haqida

Abdul Malik Qosim bu voqeani o'z asarida keltirgan Jorj to'ladan kelgan, baland bo'yli, keng yelkali, 50 yoshdan o'tib qolgan Amerikalik kishi, sog'lom va harakatchan. U Vashingtonning shimolida joylashgan kichik bir shaharda yashaydi. U katta shaharlardagi mo'l-ko'lchilik, farovonlik o'ziga jalb qilishiga qaramasdan daryo bo'yida joylashgan shaharchasini juda sevadi, u kuni bilan tijoriy ishlar bilan band bo'ladi, kechga yaqin, xotini, ikki qizi va o'glining yonlariga qaytadi.

Bo'sh vaqtini ular bilan o'tkazadi, o'g'li farzandlarning to'ng'ichi bo'lib, hozir 11-sinfnin tamomlab dorilfununga kirisha arafasida turipti. Zulhijja - Qurbonlik oyi yaqinlashgach, Jorj, xotini va farzandlari hammalari Zulhijja oyi kirganini bilish uchun ommaviy axborot vositalarini kuzata boshladilar. Qanidi ularda biror islomiy davlat konsulligining telefoni bo'lsaydi, ulardan so'rab bilishgan bo'lardi. Bu ishning ular uchun ahamiyatining kattaligi va barchalarining Qurbon hayitini intiqlik bilan kutayotganliklari sababli ular shunday taqsimladilar:

Jorj radioni, xotini fazoviy telekanallarni kuzatadigan bo'ldilar, o'g'li esa internetdagi islomiy sahifalarning unisini qo'yib bunisini ochardi va nihoyat Jorj Qurbonlik hayiti kirganini radiodan eshitip quvonib ketti va "Bu kecha radio juda tiniq ishlayapti" deb qo'ydi, Arofatda turish va Qurbonlik kuni aniqlanishi bilan olamda musulmonlarning takbiri yangradi, Jorj ham o'z o'rnida bayramni yaxshilab nishonlashga asytoydil kirishdi, ertasiga peshindan keyin bir yildan beri to'plagan pulini oldida shaharning sharqida joylashgan katta bozorga otlandi, chunki tirik qo'yni ana shu bozordangina topsa bo'lardi xolos, bozorga yetib kelgach uni bir qo'chqor ajablantirdi, biroq uning puliga kelisha olmadi, u ancha qimmat edi, qo'lidagi puli unga yetmasdi, u yaxshi qo'chqor so'yish sunnat ekanligini bilar edi, shuning uchun aynan shu qo'chqorni olishga azim qildi va bank hisobidan pul chiqarib olish uchun yaqinroqdagi bankka bordi, yetarli pulni chiqargach qo'chqorni sotib oldi va o'g'lining yordamida uni mashinasiga yukladi va uyga qaytdi. U yo'lda borar ekan qo'chqorni sunnatga binoan o'z qo'li bilan so'yishni, islomiy qoidalarni joyiga keltirishni hayolidan o'tkazdi, qo'chqorning marashi borgan sari ko'tarilib borardi, uning 5 yoshli qizchasi shirin ovozi bilan qo'chqorga marashdan taqlid qilardi, "Dadajon, Hayit qanday go'zal-a!

O'g'il bolalarsiz faqat qizlar bilan o'ynaymiz, doira chalib islomiy qo'shiqlar aytamiz, sizlar bilan men ham Iyd namozini o'qiman, yangi ko'ylagimni kiyaman va hijobimni o'rayman, bu Hayitda yuzimni ham o'rayman-a, ahir men katta bo'lib qoldimku, Oh! Qurbon hayiti qanday yaxshiya, o'z qo'limiz bilan qo'y go'shtini bo'laklarga bo'lamiz, qo'shnilarimizga tarqatamiz, qarindoshlarni ziyorat qilamiz, ammamlarnikiga boramiz, qani endi har kuni Hayit bo'lsa", hamma zavq bilan uning so'ziga quloq solar edi, yo'lda kelar ekan Jorj orqaga qarab qo'chqorga yana bir nazar tashlab qo'ydi, qo'chqor sunnatda aytilgan sifatlarga to'la muvofiq ikki ko'zi yaxshi, qulog'i va oyoqlarining bus-butun ekanligini ko'rib yanada quvonchi ortdi, uyga yetib kelishgacha xotini shoshib chiqib dedi:

"Jorj, qo'yni 3 ga taqsimlash sunnatga muvofiq ekan, 3 dan birini faqir miskinlarga tarqatamiz, 3 dan birini qo'shnilarimi David, Elizabet va Monikalarga beramiz, qolgan 3 dan bir bo'lagini esa o'zimizga olib qolamiz, ula qo'yni so'yadigan vaqtda qiblani izlashdi va Saudiya Arabistoni tarafni taxmin qilishdi, Jorj qo'yni qiblaga qaratib pichog'ini oldi va qo'yni so'ydi, so'yib bo'lgach xotini sunnatga ko'ra uni 3 ga bo'ldi, xotini juda shoshilib tez-tez harakat qilar edi, Jorj achchig'idan ovozini ko'tarib, yuzlari qizarib g'azabnok holatda "Qani tez-tez bo'lmaysanlarmi, ahir bugun yakshanba-ku cherkovga borishimiz kerak!" Jorj cherkovga borishni aslo tark qilmas edi, xattoki u xotini va bolalarini o'zi bilan birga olib borardi...

Hikoya mana shu yerga yetganda o'tirganlardan biri hikoyachidan so'radi: "Ey birodar, nimalar deyapsiz o'zi, Jorj musulmonmi o'zi yoki nasroniymi?! Agar u musulmon bo'lsa nima uchun cherkovga boradi?", Hikoya qiluvchi unga qarata "Yo'q, Jorj uning xotini va bolalari, ularning hammalari nasroniy dinidalar, ular yolg'iz Allohga va rasuli(s.a.v) ga imon keltirmaydilar, balki Xudoni 3 ta deb da'vo qiladilar, Alloh va rasuli(s.a.v) ga kufr keltirganlar, majlisda ga'la-g'ovur boshlandi, shovqin suron ko'tarildi, ulardan biri odobsizlarcha dedi: "Hoy Ahmad bizni aldama, Jorj va uning oilasi bunday ishni qilishiga kim ishonadi, hech jahonda kufr ahli islom marosimlarini bajaradimi, e bo'lmagur gapni qo'ysangchi, qanaqasiga u Hayitni bayram qilsin?!", shunda hikoyachi o'zini himoya qilishni boshladi:

"Ey Birodarlar, nega ishonmaysizlar, bir nasroniy bizning bayramni nishonlasa nishonlaptida, musulmonlar ichida kufr ahlining bayramlarini nishonlayotganlar ozmi, musulmonlar ushbu ahlning bayramlarini nishonlaganlarida nima uchun nasorolar musulmonlarning bayramlarini nishonlamasinlar, demak Jorj va oilasi Hayitni bayram qilishidan ajablanishga hojat yo'q, sizlar Jorjning ishidan ajablanayotgan bo'lsangizlar men musulmonlarning ishlaridan ajablanayapman, ularning xoliga qaranglar, tobelik va mag'lublik shu darajada ham bo'ladimi", majlisda yana ovozlar ko'tarildi, hamma Ahmadga hujum qila boshladi, shunda Ahmad ularga qarata: "Iltimos menga quloq tutinglar, men sizlarga boshqa bir sizlar ishonadigan hikoyani aytib beraman dedi: "Mana bu Muhammad, yurtimizning o'g'lonlaridan biri, otasi unga yaxshi niyyatlar bilan payg'ambarimiz salallohu alayhi vasallamning ismlarini qo'ygan,

Yangi yilga 1 hafta qolganda Muhammad bozorga bordi, sotuvchidan odam bo'yi keladigan barcha va uni bezatish uchun kerak bo'ladigan o'yinchoqlar sotib oldi, yo'l-yo'lakay Yangi yil bazmi uchun kerakli narsalarni harid qildi, shampanskiy olishni ham unutmadi, uyga qaytgach xotini va bolalari bilan archani uyning o'rtasiga o'rnatishib uni kelinchakdek yasatishdi, ular sabrsizlik bilan kun sanay boshladilar, va nihoyat kalendarning 31-dekabri deb yozilgan varag'i paydo bo'ldi, shu kecha ularning uyiga Muhammadning aka-ukalari xotin va farzandlari bilan Yangi yilni kutib olish uchun kelishdi, tunggi soat 12 ga 15 daqiqa qolganda eshik qo'ng'irog'i chalindi, Muhammadning katta o'g'li Abdulloh eshikni ochdi, Abdulloh kelgan "aziz" mehmonlarni ko'rib hursanchiligidan qichqirib yubordi "Ura! Qorbobo va qorqiz keldi". Qorbobo va qorqiz bazmga qo'shildilar va hammani Yangi yil bilan tabriklab kichkintoylarga sovg'alar tarqatishdi, qorbobo va qorqiz qo'shni binoda yashaydigan Abdulqodir va Fotimalar ekan...",-"Ho'sh bunga nima deysizlar" -dedi Ahmad hikoyasini tugatar ekan, majlisdagilar hijolat bo'lganlaridan boshlarini ko'tara olmay jim qoldilar, Ahmad qo'lini bir siltab qo'ydida so'zida davom etdi:

"Men Amerikada 10 yildan beri yashayman, birorta boshqa din vakillarining musulmonlarga xos bayramni nishonlaganlarini ko'rmadim, ularning birortalari bizning bayram va munosabatlarimi haqida so'raganlarini ko'rmadim, bayramlar dinning zohiriy shiorlaridandir, shayxulislomlardan biri aytgan ekan: "Musulmonlar kofirlarga ularning bayramlariga xos bo'lgan biror narsada o'zlarini o'hshatishlari mumkin emas, bu o'hshatish taomda, kiyimda, yuvinish, gulxan yoqish hayotdagi islomga xos odat yoki ibodatlarni bekor qilishda bo'lsin buning farqi yo'q, shu munosabatlar bilan bazm o'tirishlar, uyushtirishlar, hadyalar ulashish va ana shu munosabatlarda ishlatiladigan narsalarni sotish, bolalar va ayollarga o'yin kulgu uchun imkoniyat yaratib berish, hamda yangi liboslarni kiyib yasanish mumkin emas, umuman musulmonlar o'z bayramlarida kufr ahlining bayramlariga xos narsalarning birontasini qilishlari mumkin emas, shuningdek kufr ahlining bayramlari musulmonlar uchun oddiy kunlardek o'tmog'i lozim"(Fatovo Al-Kubro) Al-Qayyum rahimahulloh aytadilar:

"Kofirlarga xos munosabatlarda tabriklash, muborakbod etishning ham haromligiga ulamolar ittifoq qilishgan, masalan bayramingiz qutlug' bo'lsin va shunga o'hshash iboralar bilan tabriklash, shu so'zlarni aytgan odam dindan chiqmasada judda qattiq harom ishni qilgan bo'ladi, uning misoli uni hoj-krestga sajda qilishi bilan tabriklashga o'hshaydi, bu esa Allonhing nazdida aroq ichish, zino qilish va odam o'ldirishdan ko'ra qattiqroqdir, aksariyat dinning qadriga yetmaydigan kishilardam shu kabi ishlar sodir bo'ladi, u o'zining qilayotgan ishi naqadar yaramas ekanligini fahmlamaydi, birovni qilayotgan gunohi, bid'ati, kufr ishi uchun tabriklagan kishi Allohning g'azabiga uchrashi turgan gap, har bir musulmon va muslima ushbu hadisni yodda tutsin "Kimki o'zini biron bir qavmga o'hshatsa, BAS, u ushalardandir",


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.