Vijdonimga quloq tutganimdan baxtiyorman
2012 yilning dekabr oyida Navarra shahrida yengil atletika bo‘yicha muhim musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Yutuqqa katta miqdordagi pul mukofoti qo‘yildi. Musobaqalarda dunyoning eng kuchli sportchilari, jumladan, Londondagi Olimpiada o‘yinlarida 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha bronza medali sovrindori keniyalik Abal Mutai ham ishtirok etdi. U barcha saralash bahslarida ishonch bilan g‘alaba qozonib, finalga qadar yetib keldi. Finalda finish chizig‘iga chamasi o‘n metrlar qolganda, masofani to‘la bosib o‘tdim, deb o‘ylab to‘xtab qoldi va muxlislarga qarab qarsak chala boshladi. Mutai tribunadan ispan tilida finish chizig‘iga yana o‘n metr borligi haqida yangrayotgan qichqiriqlarga e’tibor bermasdi.
Uning ortidan ispaniyalik Ivan Fernandes Anayya izma-iz ta’qib qilib kelardi. Anayya keniyalik sportchidan bemalol o‘tib ketib, musobaqa g‘olibiga aylanishi mumkin edi. Ammo buning o‘rniga... Mutaini yelkasidan itarib, qo‘li bilan finish chizig‘igacha masofa borligiga ishora qildi. Ispaniyalik sportchi g‘alaba qozonish imkoniyatini ko‘kka sovurib, keniyalik raqibini finishga deyarli olib keldi, quvib o‘tmadi.
Musobaqa tugagach, Ivan Fernandes Anayyadan “G‘alaba qozonishni istamadingizmi?” deb so‘rashdi. 24 yoshli sportchi: “Yo‘q, g‘olib bo‘lishni judayam istagandim. Biroq agar Ispaniya termasi tarkibida Yevropa chempionatiga beriladigan yo‘llanma bo‘lganda ham, shu yo‘lni tutardim. Chunki men g‘alabaga haqli emasdim. Oramizdagi masofa uzoq, agar Mutai xato qilmasa, uni quvib o‘tish imkonim yo‘q edi. Men uchun oltin medaldan ko‘ra o‘zligimni saqlab qolish muhim. Men shunday qilganimdan, vijdon amriga quloq tutganimdan baxtiyorman”.
Shoakmal tayyorladi.
“Irfon” taqvimining 2013 yil 2-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.