background
logotype
image1 image2 image3

Vaqt qadri...

Bir yil qadrini imtihondan yiqilgan abiturientdan;

Bir oy qadrini muddatidan avval bola ko‘rgan ayoldan;

Bir hafta qadrini gazeta muharriridan;

Bir kun qadrini oyligini kutib yashaydigan o‘n bolali otadan;

Bir soat qadrini suyuklisini kutayotgan oshiqdan;

Bir daqiqa qadrini poezdiga kechikkan yo‘lovchidan;

Bir soniya qadrini falokatdan omon qolgan kishidan;

Bir millisoniya qadrini Olimpiada o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan sportchidan so‘ragan ma’qul.

“Irfon” taqvimining 2009 yil, 2-sonidan olindi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.