background
logotype
image1 image2 image3

Umid niholi

Ikki yosh sevishib oila qurishdi. Biroq hech qancha vaqt o‘tmay bilishdiki, turmush ular o‘ylaganlaridek yengil, bir tekis kechmas ekan. Er-xotin bir-birini sevishsa-da, arzimagan narsalar ustida tortishib qolishar, hatto janjallashib ketishardi. Bu hol tobora odat tusini ola boshladi.

Bir kuni ikkovlari o‘tirib, munosabatlarini ko‘zdan kechirishga qaror qilishdi. Tan olish kerakki, ularning ikkovi ham ajrashishni xohlamas, lekin bu ahvolda yashash ham to‘g‘ri kelmasdi. O‘yga tolgan er nihoyat mulohazasini shunday bayon qildi: “Kel, bunday qilamiz. Bog‘chamizga ko‘chat ekamiz, agar u uch oy ichida ko‘karib ketsa, munosabatlarimizni qayta ko‘rib chiqamiz. Mabodo, nihol qurib qolsa, unda... ajrashamiz. Bu muddat ichida alohida xonalarda yashab turamiz”.

Erining taklifi ayolga ham ma’qul keldi. Ertasiga ular bozordan bir mevali daraxt ko‘chatini olib kelib, bog‘chalariga o‘tqazishdi. Oradan bir oy o‘tdi. Qorong‘u kechalarning birida er-xotin bog‘chada bir-birlariga ro‘baro‘ kelib qolishdi – ikkisining ham qo‘lida suv to‘ldirilgan idish bor edi...

“Irfon” taqvimining 2009 yil, 4-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.