Suv haqida tafakkur
Taqiy Usmoniy aytadilar: “Bismilloh” rasmiy narsa emas, zaruratdir. Buni ikki misol bilan sizga isbotlab beray. Sizga bir suv keltirilsa, oniy vaqtda uni tomog‘ingizdan o‘tkazib rohat qilasiz. Tafakkur qilib ko‘ring, u suvni vujudingizga kim keltirdi? Qanday qilib? Alloh taolo bandaning hojatlariga yaraydigan, uning tirikligiga sabab bo‘ladigan suvni dengiz, ummonlar shak¬lida to‘plab beradi. Suv bir joyda turib aynib qolmasligi uchun Parvardigorimiz uni tuzlar bilan to‘ldiradi. Ummon ichida o‘lib ketgan jonivorlar suvni aynitishi mumkin edi, lekin Xoliqimiz uning mavjlantirib turgani uchun suv achimaydi. Xudovand: “Bo‘ldi, men suvni yaratib qo‘ydim, endi undan o‘zing foydalanib ol”, demadi, balki bulutni ummon tepasiga keltirib, undagi chuchuk suvlarni o‘ziga so‘rib olib, shamol bilan bandalari ustiga olib kelib, suv qilib yog‘dirdi. Alloh taolo ko‘rinishida tog‘larga husn bo‘lib turgan qoru muzliklarni bizlar uchun o‘sha yerda jamlab qo‘ydi. Xudovand: “Bo‘ldi, ana tog‘larga suvni jamlab qo‘ydim, endi uni o‘zing borib, parchalab, uyga olib kelib, eritib ishlataver” demadi, balki o‘zi Quyoshni uning ustiga olib kelib, tagidan eritib, ariqlar, soylar qilib, xonadoningiz oldiga oqizib qo‘ydi. O‘sha tog‘dagi qorlarni Alloh taolo sizga yaqin bo‘lgan dalalarga yog‘dirib, jamlasa bo‘lardi, lekin bundayam sizning foydangiz bor: agar dalada bo‘lganda unga turli jonivorlar tegib, iflos qilardi, tog‘da esa unga chang ham, g‘ubor ham tegmay, toza bo‘lib turadi. Ba’zida Alloh taolo yer ostida ham filtrlab suvlarni hozir qiladi, xohlagan joyingizni kavlasangiz, unga yetishasiz. Siz suv uchun nima xizmat qildingiz? Endi, Alloh taoloning shuncha xizmati bilan oldingizga kelgan suvni icharkansiz, qanday qilib, uning nomini aytmaysiz? Suv ichingizga kirdi. Endi uning vujudingizdagi xizmatlari aqlni lol qoldiradi. Alloh taolo “Suvdan hamma narsani tirik qildim” deydi. Tanangizning eng kichik parchasi ham suv bilan tirik. Banda asli badanining qaysi qismiga qancha suv kerakligini bilmaydi. Alloh taolo mana shu ehtiyojni his qilish uchun chanqoqlik degan ne’matni berdi. Nega shukr qilmaysiz?”
Yorqinjon qori ma’ruzalari asosida tayyorlandi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.