background
logotype
image1 image2 image3

So’nggi sajda (bo’lgan voqea)

Do’stim kasalxonada yotgan edi, ko’rgani bordim. Undan – bundan suhbatlashib o’tirdik. Lekin uning kayfiyati yo’q edi. Bir oz o’tirib ichidagini yordi:
“Shu xonada men bilan birga Yura ismli o’ris yigit edi. Bir kuni u:
- Abdullo, sendan bir narsani so’rasam maylimi? – deb qoldi. 
- Mayli, so’rayqol, - deya men ham uning savoliga qiziqdim. 
- Mana, necha kundan beri bir xonada yotibmiz. E’tibor qilsam, sening oldingga juda ko’p odam kelarkan. Menga esa, ota – onamdan boshqa  hech kim kelmaydi. 
Men Yuraga musulmonchilikdan urf – odatlar xususida gapirib berdim. Shundan keyin biz u bilan tez – tez Islom haqida gaplashib turdik. Bir kuni Yura to’saddan:
- Men ham musulmon bo’lsam bo’ladimi? – deb so’rab qoldi. 
Allohga hamdu sanolar aytib yubordim.
Xullas, Yura iymon keltirdi. So’ng namoz o’qishni o’rgana boshladi. Ammo sog’lig’i yomon edi. Oradan bir necha kun o’tib, namoz o’qiyotganimizda Yura sajdadan bosh ko’tarmay qoldi, o’shanda joni uzilgan ekan”… 
                                        

Yoqub Umar,
“Musulmonlar taqvim kitobi”, 1999 yil III – chorak.

2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.