Sartaroshlar mavjud emasmi?
Bir yigit soch-soqolini oldirish uchun sartaroshxonaga kirdi.
U o‘ziga xizmat ko‘rsatayotgan sartarosh bilan maroqli suhbatga chog‘lana boshladi. Ular ko‘p mavzular haqida suhbatlashdilar. To‘satdan, gap mavzusi Xudoga borib taqaldi.
Sartarosh dedi:
— Qara, men sendan farqli o‘laroq, Xudo yo‘q deb hisoblayman.
— Nega bunday deb o‘ylaysan? – so‘radi mijoz.
— Xo‘sh, bu juda oson. Masalan, Xudoning mavjud emasligini bilmoqchi bo‘lsang, shunchaki ko‘chaga chiq. Ayt-chi menga, agar Xudo bor bo‘lganida, shunchalar ko‘p odamlar kasal bo‘larmidi, bolalar qarovsiz qoldirilarmidi? Rostdan ham Xudo mavjud bo‘lganida, hech qanday og‘riq ham, g‘am-tashvish ham bo‘lmasdi. Men Xudo bunday narsalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi deb o‘ylamayman.
Mijoz bir muddat o‘ylanib qoldi, biroq bu dalillarga qarshilik qila oladigan javobni bera olmadi. Sartarosh ishini tugatdi va mijoz ko‘chaga chiqdi. Sartaroshxonani tark qilishi bilan, yo‘lda uzun soch-soqolli bir kishini ko‘rib qoldi. Uning soch-soqolini oldirganiga ancha vaqt bo‘lgani shundoq bilinib turar edi. O‘zi ham juda isqirt edi.
Mijoz yana qayta sartaroshxonaga kirdi va sartaroshga qarata dedi:
— Bilasanmi, sartaroshlar ham yo‘q ekan.
— Nimaga bunday deb o‘ylayapsan? — so‘radi sartarosh. — Mana – men sartaroshman.
— Yo‘q! – xitob qildi mijoz, — Ular mavjud bo‘lmagan odamlar, chunki agar bor bo‘lganlarida, ko‘chadagi ana u kishiga o‘xshash uzun soch-soqolli kishilar qolmagan bo‘lardi.
— Ehe, sartaroshlar bor, odamlarning o‘zi kelmasa ayb ularda emas-ku!
— Ha-da! – tasdiqladi mijoz. – Gap shunda-da! Alloh bor, faqat insonlar unga tomon talpinmaydilar, yuzlanmaydilar. Shuning uchun ham dunyoda g‘am-tashvish, aziyatlar ro‘y beradi.
Muslim Buxoriy tarjimasi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.