background
logotype
image1 image2 image3

Rakning davosi

G’arblik bir ayol mutlaqo tuzalmas, daxshatli bir kasallikka chalindi, tabiblar rak-saraton deb atalmish bu dard davosiga ojiz edilar, bechora ayolning yashashga ishonchi qolmadi, biroq shunday bir holatda Allohning marhamati ila bu ojiza shifo topdi, Baytul-Haramda Yaratganga cheksiz iltijolar qildi, chin ixlos bilan dardiga shifo tiladi, ayolning murodi hosil bo’ldi, zotan yagona Alloh taologina har narsaga qodir Zotdir! Azizlar, kelinglar, yaxshisi voqealar tafsilotini o’sha ojizaning o’zidan eshitaylik! 
Men to’qqiz yildan beri juda xatarli marazdan azob chekar edim, bu maraz saraton-rak bo’lib, uning naqadar daxshatli va hatto nomining o’ziyoq etlarni junjiktiruvchi ekanini har kim yaxshi biladi, to’g’risi u paytlar g’ofil edim, go’zallik, kuch-quvvat va salomatlik umr bo’yi birdek davom etadiganday yurar edim. Saratondek tuzalmas bir dardga chalinishimi hayolimga ham keltirmaganman. Bu dardga uchraganimdan so’ng butun a’zoi badanim, butun vujudim larzaga tushdi, faqat undan qutulish yo’llarini o’ylaydigan bo’lib qoldim, ammo qanday qilib?! Shu jumboq meni gangitar edi. Tursam ham, o’tirsam ham fikr-u o’yimda shu bo’lib qoldi, hatto o’z jonimga suiqasd qilishni ham hayolimdan o’tkaza boshladim.Biroq erimni va farzandlarimni yaxshi ko’rganimdan bu ishga qo’lim bormasdi, g’ofillifim tufayli masalaning Allohga taalluqli jihatini, ya’ni o’zini o’zi o’ldirish gunoh ekanini, buning uchun Alloh qiyomat kuni qattiq jazo berishini o’ylab ham ko’rmasdim. Yaratganga beadad shukurlar bo’lsin-ki, U Mehribon va Rahmli Zot, meni usha kasalligim tufayli hidoyatga boshladi, va mening avvalgi hamda keyingi holatimni ko’rgan juda ko’p kishilar ham hidoyat topishdi.Davo izlab erim bilan Belgiyaga bordik, ko’p do'xtirlarga uchradik, ular ko’kragimni kesib tashlash lozimligini aytishdi, soch, kiprik va qoshlarimni to’kib yuboradigan, tirnoq va tishlarimga zarar yetkazadigan o’ta kuchli dorilarni taklif qilishdi, bunday dorilardan bosh tortdim, ko’kragim, sochim va Alloh taolo ato etgan boshqa a’zolardan ajrab yashagandan butun holimcha o’lishni afzal ko’rdim, ammo shuncha joydan kelib quruq qaytmay deb, birorta yengilroq dori yozib berishlarini so’radim, uyga qaytib ular yozib dori-darmonlarni iste’mol qila boshladim, lekin ta’siri mutlaqo sezilmadi, o’zimcha bu holatdan hursand ham bo’ldim, ehtimol do'xtirlar adashgandir, men bu kasallikka chalinmagandirman digan umidli hayollarga ham bordim, ammo bahtga qarshi kasallik huruji to’htamas edi. Oradan yetti oylar o’tgach tobora ozayotganimni, og’riq kuchaya boshlaganini va rangi ro’yim 
o’zgara borayotganini sezdim, do'xtirlar yana Belgiyaga borishimni tavsiya qilishdi, erim bilan yana yo’lga chiqdim, kasallik kuchayib, zaxmi butun badanimga tarqalayotganini, hatto o’pkamda ham saraton asoratlari paydo bo’lganini eshitib chuqur qayg’uga bordim. Do'xtirlar mening Belgiyada o’lib qolishimdan havotirlanib, tezroq uyga ketishim lozimligini aytishibdi, shu zahotiyoq shifo niyatida Fransiyaga o’tib ketdik, ammo u yerda ham dardning davosini topa olmay, sarson-sargardon bo’ldik, ohiri men o’zimni jarrohlarning qo’liga topshirishga, ya’ni ko’kragimni kesib tashlashlariga rozi bo’la yozdim. Shunday kunlarning birida erim biz unutgan va hayotimiz mobaynida g’ofil bo’lganimiz ulug’ Yaratuvchini kutilmaganda eslab qoldi, darhaqiqat Alloh taolo muqaddas Baytullohni ziyorat qilish, u yerda yolg’iz O’zigagina yuzlanib barcha musibatlardan halos etishini iltijo qilib so’rashni erimning diliga slogan edi. Biz bu ishni bajarishga qaror qildik, vujudimni qandaydir hushnudlik chulg’ab olgan edi. Hushkayfiyatimga Allohning muqaddas dargohini ziyorat qilishga borayotganim sabab bo’lgan ersa ajab emas, ho’yajinim bilan Parijdan Qur’oni Karim harid qildik. Takbir va tasbih aytib to’g’ri Makkayu Mukarrama ziyoratiga jo’nadik, Baytul-Haramga yetib kelgach ichkari kirib Ka’bani ko’rdim-u o’zimni tutolmay yig’lab yubordim, Alloh farz qilgan ibodatlarni, namoz, ro’zalarni, hushu, tazarru kabi amallarni bajarmay o’tkazgan umrimga achinib, ko’p afsus nadomat chekdim. So’ng Allohga iltijo qilib, Ey, Pok Parvardigoro, qarshimda barcha umid eshiklari yopildi, faqat sening eshiging ochiqdir, eng so’nggi ilinj va umid tayanchi bo’lmish eshiklaringni mening yuzimga yopib 
qo’yma, o’zing rahm qil, do’xtirlar meni davolashdan ojiz qoldilar, endi shifo Sendan va faqat Sendandir dedim. Baytullohni tavof qildim, noumid qilmasligini va yordamsiz 
qo’ymasligini hamda hamma do’xtirlarni lol qoldirib menga shifo berishini yalinib-yolvorib chin ko’ngildan so’radim, Ha, Darhaqiqat men g’aflatda ekanman, Allohning eng 
to’g’ri va haq dinidan behabar, bebahra yurgan ekanman, bir kuni makkalik ulamolar va shayxlar oldiga borib, menga foyda beradigan diniy kitoblar berishlarini, o’qilishi tilimga yengil keladigan shifobaxsh duolar o’rgatishlarini iltimos qildim. Iltimosim yerda qolmadi, ular menga Qur’on tilovat qilishni va zam-zam suvidan to’yib-to’yib ichishimni nasihat berishdi, ayni chog’da usha ulug’ ulamolar menga ko’proq Allohni zikr qilishni hamda payg’ambar(sollallohu 'alayhi vasallam)ga cheksiz salovatlar aytishimni tayinladilar. Men Baytullohda ichki bir ruhiy hotirjamlik va osoyishtalikni his etdim, mehmonhonaga bormay Ka’bada qolishga erimdan ruxsat so’radim, Baytul-Haramda misrlik, turkiyalik bir qancha savobtalab ayollar menga hamsuhbat bo’lishdi, tinimsiz yig’layotganimni ko’rib sababini so’rashdi, bu muqaddas makonga kelib, Alloh taologa mehr-muhabbatim haddan ziyod ortganini bildirib, og’ir bir dardga yo’liqqanimni so’zlab berdim, ular menga hamdardlik bildirib, yonimdan ajramay qolishdi, Baytullohda 
e’tikofda o’tirganimni bilgach esa, ular ham o’z erlaridan ijozat olib mening yonimga joylashishdi, biz tunlari deyarli uxlamasdik, juda kam ovqat yerdik, lekin zam-zam suvidan to’yib-to’yib ichardik, chunki Payg’ambar alayhissalomning “Zam-zam suvidek ichimlik yo’q, kimki uni shifo talabida ichsa, Alloh unga shifo beradi, u kasalga shifo, tashnaga chanqoqbosdi, ochga taomdir” degan so’zlarini bilar edik. Tinimsiz ibodat qilamiz, ikki rakaatdan namoz o’qiymiz-da zam-zam suvidan to’yib ichib yana tavof qilishga tushamiz, 
Baytullohga kelgan kunlarim ozg’in edim, badanimning yuqori qismini saratonning asorati bo’lmish kichik-kichik yumaloq donachalar va yaralar bosgan edi, dugonalarim menga jarohatlarni zam-zam suvi bilan yuvishni maslahat berishdi, men esa yaralarimga tegib yana kasalim xotirga keladi, Alloh zikridan chalg’ib qolaman deya qo’rqar edim, shu sabab u joylarga suv tekkizmay, ehtiyotkorlik bilan yuvinib turishni lozim topdim, beshinchi kuni hamrohlarim qistashdi, rozi bo’lmadim, ammo qandaydir bir 
g’aybiy kuch qo’limga zam-zam suvidan olib, badanimga surtishga meni majburlagandek tuyular edi. Bu hol bir necha bor takrorlangach, beehtiyor ko’kragimni zam-zam suvi bilan yuva boshladim, shunda favqulodda hodisa mo’jiza sodir bo’ldi, tanamdagi bor yaralar bir-bir to’kilib ketdi, vujudimda birdan na og’riq, na qon va na yiringdan asar qoldi, hayronlik ichida gangib badanimni paypasladim, badanim soppa-sog’ edi, seskanib ketdim, darhol Allohning qudratini zikr etdim va hamd aytdim, yangi topgan dugonalarimning biridan usha yaralarimning o’rnini tekshirib ko’rishini so’radim, badanimning soppa-so’g, top-tozaligini ko’rib hammalari qichqirib yuborishdi: “Allohu Akbar! Allohu Akbar!” Bu quvonchli habarni erimga yetkazish uchun tez mehmonxonaga jo’nadim, Allohning mehirbonligini qarang deb sog’lom tanamni ko’rsatdim, hayratdan yoqa ushlab qolishdi, bo’lib o’tgan voqealarni qayta so’ylab berganimda ishongisi kelmas edi, o’zini tuta olmay sevinchdan yig’lab yubordi va baland ovoz bilan do’xtirlar seni uch haftadan keyin o’ladi deb bashorat qilganlarini bilasanmi deb hitob qildi, shunda men ajalim faqat Allohning qo’lida, g’aybni faqat Alloh bilguvchidir dedim, biz Baytullohda yana ikki hafta turdik, so’ngra Madinai Munavvaraga borib, payg’ambar alayhissalom masjidlarini ziyorat qildik-da Fransiyaga qaytdik. Fransiyada do’xtirlar mening sog’ayganimni ko’rib sarosimaga tushishdi, eslarini yo’qotishlariga sag’al qoldi, chamamda ular mendan siz falonchimisiz deb so’rashdi, men ko’ksimda faxr va qat’iyat ila Ha men falonchiman erim falonchi deb javob berdim, darhaqiqat men tavba qildim, Yaratganga qaytdim, faqat Allohdangina qo’rqadigan, faqat undangina najot kutadigan bo’ldim, zero taqdirimizni u belgilaydi, hukm ham Unikidir. O’sha nomdor do’xtirlar “Bu holatingiz o’ta g’aroyibdir, qayta tekshirib, rentgen qilib ko’rish kerak deyishdi, tekshirishdi ham, ammo kasallikdan biror asar ham topishmadi, ilgari nafas olishda qiynalar edim, Baytul-Haramda Allohdan shifo so’raganimdan keyin bu dardimga ham davo topdim, shundan keyin Payg’ambar alayhissalomning siyratlari hamda sahobai-ikromlarning tarixlari bitilgan kitoblarni o’qidim, o’rgandim, ko’p mutaasir bo’lib uzoq yig’ladim, Alloh taolo va uning rasulini sevmasdan o’tkazgan umrimga ko’p afsus nadomatlar qilib tinimsiz yig’layverdim, men Alloh taoloning ne’matlariga shukrona aytaman va gunohlarimni kechirib, tavbalarimni qabul etishidan umidvorman”.

Azizim shu o’rinda bir ojizaning g’aroyib va g’oyatda ibratli hikoyasi yakun topadi, undan nasihatlanish va zaruriy xulosa chiqarish o’zimizga havola. 

“Hidoyat” jurnalidan

2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.