background
logotype
image1 image2 image3

Qalqon

Katta o’g’li Muhammadali akani jonidan to’ydirdi. Bir kuni keng hovlida ota-bola yolg’iz qolishgach, farzandini uyga chaqirdi. 
- Sen bolaga aytmagan gapim qolmadi. So’kaverib, uraverib, gunohga botib ketdim. Ko’chada to’rtta odamga qo’shila olmayman. Kimni ko’rsam, shikoyat qiladi. Sen ablah, meni qariganimda Taras Bul’baga o’xshatadigan bo’lding.
So’ng oldindan o’qlab qo’yilgan qo’shog’zini oldi-da:
- Och og’zingni, - deb o’g’liga o’qtadi.
Otadan tap tortishni bilmaydigan o’g’il og’zini ochdi. Muhammadali aka ikkala tepkini teng bosdi. Ajabki, miltiq otilmadi. Qirq yil ovchilik qilgan odam hayron bo’lib qoldi va mo’ljalni o’zgartirdi: ketma-ket o’z ovozi gumburladi, deraza oynasi chil-chil sindi.
Peshonasidan sovuq ter chiqib ketgan ota holsizgina yerga cho’karkan, o’g’liga qarab alam bilan so’radi:
- Senday marazning jonini Xudo nimaga saqlaydi? Sen nima ish qilib qo’yibsan o’zi?!
Boyadan beri miq etmay o’tirgan o’gil tilga kirdi:
- Buvimning duolari asradi meni. Siz ham, amakimlar ham, ayam, kennoyimlar ham qaramagansizlar buvim kasal yotganlarida. Men maktabgagina borardim, xolos. O’ynaganiyam chiqmasdim. To’shakka mixlanib yotgan kampirni topa toza qilib olib o’tirganman. Ertayu kech: “Yigit o’lmagin, balo ko’rmagin”, deb duo qilardilar. Men shunga ishonaman. Shuning uchun boya qo’rqmay og’zimni ochgan edim, - dedi o’gil.
Ota jim qoldi.

Nizomiddin Latif 
Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.