background
logotype
image1 image2 image3

Onasining bo‘talog‘i

Juma namozi edi. Farz namoziga turishdan oldin bir otaxonning o‘ng tarafida bo‘sh joy qoldi. Otaxon orqada turgan 14-15 yoshli o‘spiringa qarab:

– O‘g‘lim, safni to‘ldir. Mana bu yerga kel, – dedi.

Yigitcha tortinish bilan:

– Amaki, men shu yerda namoz o‘qisam, – dedi tutilib. – U yerga boshqa birortasi o‘tar...

qariya o‘spirinning oyoqlari tagiga to‘shalgan uzun patli gilamni ko‘rsatib:

– U yerni yumshoqroq deya kelmayapsan, shekilli, – dedi. Keyin bir oz kinoya bilan qo‘shib qo‘ydi:

– E, onasining bo‘talog‘i...

Namozni o‘qib bo‘lgandan keyin namozxonlar bir-birlariga salom bera boshladilar. Yigitcha otaxonning qo‘llaridan tutib muborak juma bilan qutladi. qariya ham aytgan gapidan pushaymon bo‘lib kechirim so‘radi. Yigitchaning nurli yuzlarini silar ekan:

– O‘g‘lim, onasining bo‘talog‘i deganim uchun meni kechir. Jahl chiqsa aql ketadi, deganlari shu-da, – dedi.

Yigitchaning ko‘zlari bu so‘zlardan yoshga to‘ldi. Boshini egib javob berdi:

– Siz to‘g‘ri aytdingiz, otaxon. O‘sha gilamning ustida namoz o‘qishni istaganimning boisi, onam vafot qilganlarida tobutlariga shu gilamni solishgandi. U yerda namoz o‘qib, sajdaga bosh qo‘yganimda, go‘yo onajonimning quchoqlariga kirganday bo‘laman...

Madina tayyorladi

“Irfon” taqvimining 2009 yil, 2-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.