background
logotype
image1 image2 image3

Omadingiz bor ekan...

  • Agar bugun ertalab sog‘-salomat uyg‘ongan bo‘lsangiz, dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz!
  • Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo‘lsangiz, ayni damda 1 milliard insondan omadliroq ekansiz!
  • Urush tahlikasi va xavf-xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo‘lsangiz, 500 million insondan toleliroq ekansiz!
  • Muzlatgich va javonlaringizda oziq-ovqat, egningizda kiyimingiz va tunda uxlash uchun uyingiz bo‘lsa, dunyodagi 3 milliard inson sizga havas qiladi!
  • Cho‘ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo‘lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insondan birisiz!
  • Ushbu maqolani o‘qiy olyapsizmi, demak, dunyodagi 2 milliard savodsizning biri emassiz!
  • Ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo‘lsa, Siz dunyodagi juda noyob insonlar qatorida o‘z o‘rningizga egasiz!

Shunday ekan, nega jimsiz?! Shukr qilmaysizmi?!

“Irfon” taqvimining 2009 yil, 2-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.