O’zlaridan so’rang!
Yaqinda qishlog’imizda taomilga hilof, kamdan – kam uchraydigan voqea ro’y berdi: TO’Y ICHKILIKSIZ OTDI! Davradagilar hayron, egulik ne’matlar muhayyo, shira – sharbat serob, shirmoyi non, qo’y va parranda go’shtidan tayyorlangan taomlar keltirildi. Ammo “bir narsa” ko’rinmaydi: aroq- vinodan darak yo’q. Kimlar bunga befarq qarasa ham, ba’zilar bezovta, har tomonga alanglab qolishdi. Ashaddiy ichuvchilardan bo’lsa kerak, oliftanamo yigit ovozini baland ko’tarib: “Obi zam – zamdan ham bo’lsin!” dedi.
- Hay, hay, tavba qil. Harom ichkilikni tabarruk zam-zam suviga tenglama! – tanbeh berdi mo’ysafidlardan biri.
Kayf qilishga ishqiboz bir boyvachcha to’y egasiga o’shqirdi:
- Hasislik qilgan bilan boyimaysan. Aroqsiz toy – to’y emas!
- Kambag’allashishdan havfsirab emas, ALLOHDAN qo’rqib dinimizda taqiqlangan harom narsani odamlarga ravo ko’rmadim, - dedi honadon sohibi.
Boy badavlat hisoblangan honadonda to’yning aroqsiz o’tishi duv – duv gapga sabab bo’ldi. Diyonatli kishilar bu yahshi alomat ekanini anglab, shukur qildilar. Mas’ul lavozimda ishlaydigan do’sti to’y egasidan so’radi:
- Nega ichkilik qo’ymadingiz?
- Musulmonman, axir.
- Boshqalar qo’yishdi – ku! Ular musulmon emasmi?
- Buni ularning o’zidan so’rang…
Musulmonlar taqvim kitobidan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Ro‘za kitobi
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Tahorat kitobi
- Salovotlar. Istig'for duolari
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
- Ramazon taqvimi (2018 yil / 1439 hijriy)
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.