O’n yetti dona g’isht (bo’lgan voqea)
Masjid qutilayotgan edi, katta qurilish…
Imom mav’izadan so’ng e’lon qildi:
- Birodarlar, kim qancha qurbi yetsa…
Bir hafta o’tdi: jimlik. Nahot yurtdan himmat ko’tarilgan bo’lsa?!
Imom keyingi juma mav’izadan so’ng yana hayru sahovatdan gapirdi.
- Birodarlar kim nima topsa…
Yana jimlik. Qurilish orqaga qarab boraverdi. Imom duo qildi: “Yo, Rabbiy, gunohlarimizni afu et!..”
Mahallada Mirzaahmad ismli bir devona yashardi. Kimdandir eshitib qoldi: ka-at-ta masjid qurilarmish. Ombordan zambilgaltagini olib chiqdi-da, uyida bor g’ishtlarni yukladi: o’n yettita chiqdi. Masjidga surgaladi.
Imom boshi qotib o’tirgan edi.
- Ma, machitingni qurib ol,- dedi Mirzaahmad devona.
Imomning ko’zi mayuslandi.
- Shugina g’isht bilan machit qurib bo’ladimi?
Mirzaahmad:
- Man qattan bilay,- dedi-da, g’ishtlarni bir chekkaga ag’darib, zambilg’altagini g’ildiratib, hovlidan chiqdi-ketdi.
Keyingi jumada imom duo qildi:
- Birodrlar, Mirzaahmad aka masjidimiz qurilishiga on yeti dona g’isht ehson qildilar, Alloh dargohida qabul etsin…
Izdihom bir qalqiganday bo’ldi: “Omiy-yn…”
Ertasi kimdur masjid eshigiga o’n yeti ming dona g’isht to’ktirib ketibdi. Keyin kimdur yana o’n ming… yana… kimdir yog’och, qum deganday…
Shunday qilib, bor-yo’g’i o’n yeti donagina g’isht va yana ozgina himmat ila mahallada tez orada ulkan va ko’rkam masjid qad rostladi.
Kotib: Nurulloh Muhammad Raufxon
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.