background
logotype
image1 image2 image3

Musibatga sabr

Er-xotin yolg’iz o’glimizni soliha bir qizga uylantirdik. O’g’limiz juda e’tiqodli, odob ahliqli edi. Bir o’g’limga, bir kelinimga qarb quvonar, bunday ne’matlarni ato etgan Yaratganga shukronalar qilardim. Lekin xursandchiligimiz uzoqqa cho’zilmadi. Oradan bir yil o’tar o’tmas, og’limiz og’ir kasallikka chalindi. Bu orada ular farzand ko’rishdi. O’g’lim ayoliga bolani “Taborak” surasini o’qib emizishni buyurdi.
Jigarbandining kasali kundan-kunga zo’rayib, yorug’ dunyo ko’zimizga qorong’u bo’lib ketar, kecha-kunduz Allohga yolvorib iltijolar qilardik. Bolam ikki yil davomida qattiq azob chekishga qaramasdan, biror marta ham namozini qazo qilmadi. Gohida tahorat, gohida tayammum bilan ibodatda bardavom bo’ldi. Og’riq kuchaygan pauytlarda “Alloh, Alloh, o’zing shifo ber” deya nola qilar, buni eshitib battar ezilar, go’yoki hayot men uchun tugagan edi. Bu musibatdan hech qachon nolimas, ayni vaqtda menga: “Bu dardni nega berding, deb Allohga nolimang. Aks holda ibodatlar bekor ketib qolishi mumkin”, derdi.
Kasallik brogan sari kuchayib, oshqozonga borib yetdi, natijada u ovqat yeyolmay qoldi. Madori yoqligidan unga tayammum qildirib qo’yar edim, o’g’lim qo’lini ko’tarib, namozga imo qilardi. Faqat ibodatini ko’ngildagidek ado qila olmayotganligidangina nolirdi, xolos.
Jigarbandim, ko’zimning oqu qorasi so’nggi kunlarini boshidan kechirar, gapirgani holi ham yoq edi. Ovozi chiqmasa-da, og’zi qimirlab, tili bilan “La ilaha illalloh” deganini eshitganimda uni bag’rimga bosib: “Bergan sutimga roziman, bolam!” deya yurak-yuragimdan unsiz yig’ladim.
Alloh, yolg’izgina bolamni- yodgorimni qaytarib oldi. Tilimga faqat bir duo kelardi: “Allohim, menga sabr ato et!” O’ksik qalbimga birgina narsa malham  bo’la olardi.: “O’g’lim iymon bilan, ibodat bilan ketdi! Bolaginam sendan roziman. “Sabr qiling”, der eding. Sabr ila seni jannatda ko’rmoqni tunu kun so’rayman. Menga sabr va jannat ber, Allohim!”

Ona maktubini oqqa ko’chiruvchi Habibaxon, Quva shahri.
Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil II chorak

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.