background
logotype
image1 image2 image3

Munosib javob

Obro‘li kompaniyalardan biri bo‘sh ish joylariga tanlov e’lon qildi. Yagona shart – nomzodlar kompaniya rahbariyati tomonidan taqdim etilgan bittagina savolga qoniqarli javob berishlari kerak.

“Tasavvur qiling: Tun. Jala quymoqda. Momaqaldiroq gumburlab, shamol odamni uchirib ketay deydi. Tong otishiga ikki soatcha qolgan. Siz ikki kishilik mashinani yolg‘iz haydab ketyapsiz. Oldinroqdagi avtobekatda 3 kishi turibdi.

Ularning biri – doktor. Yaqindagina og‘ir xastaligingizni davolab, sizni hayotga qaytargan odam.

Ikkinchisi – kasallikdan ingrayotgan chol.

Yana biri – hayotingiz mazmuni bo‘lgan aziz inson.

Savol: Ob-havo borgan sari yomonlashib bormoqda. Mashinangizda esa faqat BIR KIShIGA joy bor. Siz vaziyatdan qanday chiqqan bo‘lardingiz?”

Aziz, o‘quvchi! O‘ylash uchun sizning to‘rt kun vaqtingiz bor.

Javob: Shunday qilib, ishga tanlovda qatnashgan yuzlab nomzodlardan faqat bir kishigina qabul qilindi. U savolga quyidagicha javob bergan: “Mashinadan tushib, kalitni doktorga berardim. U mening hayotimni saqlab qolgani kabi, qariyani kasalxonaga eltib, unga yordam berardi. Men esa, aziz insonimning yonida qolib, qiyin vaziyatda u bilan birga bo‘lardim”.

Xudbinlik odamzotning tabiatiga xos. Bir kishidan boshqa hamma nomzodlarning javobida mashina berilishi aytilmaganligida ham xatolik yo‘q. Faqat ba’zida tor qarashlarimiz ta’sirida, o‘zimiznigina o‘ylab, xudbinlik bilan qaror qabul qilishimizning namoyoni bor.

“Irfon” taqvimining 2009 yil, 1-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.