background
logotype
image1 image2 image3

Ko‘rpa qoqishning foydasi yoxud bir sunnatning hikmati

Musulmonlar sunnatga ko‘ra, uyquga yotishdan avval ko‘rpalarini qoqadilar. Buning hikmati nimada?

Yaqinda g‘arb olimlari bu holning ilmiy dalilini isbot qildilar. Inson uyquga yotganda uning tanasida hujayralar o‘lib, ko‘rpaga to‘kilarkan. Ushbu o‘lik hujayralarni ko‘z bilan ko‘rish mumkin emasligidan ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi. Ertasiga uyquga ketganda yana o‘lik hujayralar to‘kilib, avvalgilari bilan birlashib, tanaga yopishadi. Shu sabab bilan insonda har xil kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin.

Olimlar ushbu holatning oldini olish choralarini qidirdilar. Avvaliga ko‘rpajildni kir yuvish kukuni bilan yuvdilar. Bu foyda bermagach, turli tozalov vositalarini qo‘lladilar. Ammo hujayralarni ketkazishning imkoni bo‘lmadi. Olimlardan biri ko‘rpani qo‘l bilan qoqishni taklif qildi. Shundan so‘nggina o‘lik hujayralar ko‘rpajildni tark etdi.

Bundan 14 asr ilgari janobi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bizlarga ushbu amalni ta’lim etganlar. Uning ilmiy isboti endigina ma’lum bo‘ldi.

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kishi to‘shakka yotayotganida ko‘rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida nima borligini bilmaydi..." dedilar (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.