background
logotype
image1 image2 image3

Ko’piga qo’shilish

Uyga mehmon keldi.
-    Choyu shakardan bo’lak hech narsa yo’q, - dedi choy damlayotib beak eriga.
-    E, qo’yaver, bir chorasi topilar. Alloh o’zi ko’rib turibdi, - dedi er xotirjam. So’ng mehmonlar oldiga chiqdi. 
-    Zap kelibsizlar-da, habar bersangizlar bo’larkan. Biz ham bundog’ sal harakat qilib o’tirardik, - deb hazillashdi mezbon.
-    Sizni ovora qilib yuramizmi, deb bostirib kelaverdik-da.
-    Kelganlaringiz bosh ustiga, ammo shu “chaq-chuq”lar-u meva-mastonlar qachongacha yoq mehmonga saqlanib turamiz deb arazlashib, qishloqqa ketib qolishibdi-da, - dedi mezbon xijolatini oshkor etib.
-    Qadrini biladigan joylarga ketgan, - dedi mehmonlardan biri quvnoqlik bilan.
-    Ajab bo’pti, - dedi yana birovi. – Meva-mayizlarda qachon vafo bo’lganki, endi bo’lsin? Siz ham endi o’zimizga, to’pingizga qo’shilsangiz bo’ladi. Marhamat.
-    Taklif qilmasanglar ham, man doim siz bilan-da, do’stlarim, - deb xursand bo’ldi mezbon. – Qani dasturxonga marhamat.
Do’stlar ochilishib kulishdi. Kulgilaridan xandon pistalar, tabassumlaridan mayizlar to’kildi. Dasturxon jannat ne’matlari ila bezandi.

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.