background
logotype
image1 image2 image3

Kabob voqeasi

(Rustam akaning aytganlari)

O’ttizinchi yillarning ocharchilik avj olgan kunlari edi. O’ziga to’q hisoblangan Muslim akaning o’g’ilchasi qo’shnilarning uyiga o’ynagani chiqdi. Qarasaki, o’rtoqlari yangi pishirilgan kabobni zo’r ishtaha bilan tushirishayotibdi. Ammo qo’shni amaki ham, bolalari ham uni taomga taklif qilmadi. Hatto “bor-bor” lab, chiqarib yuborishdi. Tabiiy, bolaning dili og’ridi, qorni to’q bo’lsa-da, juda kabob yegisi keldi. Uyiga kelib, otasiga shikoyat qildi. Muslim aka taajublandi: “Nahotki, qo’shnim bir sih kabobni shu go’dakdan qizg’ansa?! Tinchlikmikan, ishqilib”, dedi.
Qo’shnisining ostonasidan hatladi. Voqeani aytolmay, taraddudlanib turganida qo’shni o’zi so’z ochib qoldi:
-Hoynahoy, o’g’lingiz aytgandir…u go’sht sizning bolangizga to’g’ri kelmaydi, aka.
-Nega?
Go’sht chaynayotgan bolalaridan bir oz uzoqlashib, qo’shni shivirladi:
-uyda egulik yoq. Kichkinalar och. Zovur bo’yiga kimdir harom o’lgan molni chiqarib tashlagan ekan, shuning lahm joyidan kesib olib kelib beryotuvdim. Nochorlik…
Muslim akaning ustidan sovuq suv quygandek bo’ldi. Junjikib ketdi. Tili kalimaga aylanmay iziga qaytdi. Borib sandig’ini ochib, kichigining sunnat to’yiga deb to’playotgan pullarini qo’shnisiga olib chiqib berdi.

Bahodir Nurmuhammad (Musulmonlar taqvim kitobi, 2001)

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.