background
logotype
image1 image2 image3

Jahlingiz chiqqanda…

Anvar yangi mashinasidan xabar olish maqsadida tashqariga chiqdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, uch yashar o’g’ilchasi mashina kapotini qo’lidagi bolg’a bilan huzur qilib pachoqlab turibdi.      Anvar ikki hatlab bolasi yoniga etib keldi va o’g’lining qo’liga bolg’a bilan ura ketdi. Biroz vaqt o’tib, hushi o’ziga kelgach, bolasini zudlik bilan kasalxonaga olib bordi. Doktor maydalanib ketgan suyaklarni tiklashga harchand urinmasin, barmoqlarni kesib tashlashdan o’zga chora yo’q edi…
    Bolakay operatsiyadan keyin ko’zini ochib, doka bilan chandib tashlangan qo’llariga ko’zi tushdi va majruh bo’lib qolganini angladi. U otasiga qarab, mahzun ohangda: “Adajon, mashinangizni pachoq qilganim uchun kechiring” – dedi. Keyin otasiga termilib: “Barmoqlarim qachon yangidan o’sib chiqadi?” – deb so’raganida Anvar nima deyishini bilmay qoldi…
    Farzandingiz ovqatini to’kib yuborganida yoxud nogoh ingrab qolganida shu voqeani eslang. Sevgan insoningizga nisbatan sabringiz tugadi, deb o’ylasangiz, avval ozgina o’ylab ko’ring. Mashina o’z holiga kelar, lekin majruh qo’llar va shikasta tuyg’ular also tiklanmaydi. Inson hato qilishi mumkin. Hamma ham adashadi. Biroq jahl ustida, o’ylamay bosilgan qadam insonni tubsiz armon chohiga uloqtirib yuborishi mumkin.
    Biror harakat qilmasdan avval shoshmang va o’ylang. Sabr – toqatli bo’ling. Tushunishga urining va seving!

                        Sh. Isroilov
                        “Irfon taqvimi” 2007/1428 (II)

2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.