background
logotype
image1 image2 image3

Ikki niyat

(Murod akaning aytganlari)

Ikkita niyatim bor edi. Biri – masjid qurish, biri – hajga boorish…O’shanda aeroportda ishlar edim. Yurtimizdan hajga Moskva orqali ketilardi. 1990 yili bor-yo’g’I ikki kishiga o’rin ajratildi. Shuning bittasini qo’lga kiritdim. Ketishga sanoqli kunlar qolganida bu ishga ma’sul bo’lgan kishining yoniga chaqirishdi. Borsam, uning oldida munkillab qolgan keksa kishi xomush o’tiribdi. Nima gap desam, ho’ng-ho’ng yig’lab berdi.
U kishi hajga borishni yoshligidan orzu qilib, niyatiga yetolmay yurgan ekan. Haj ziyoratiga har yili urinar, biroq nasib qilmas ekan. Bor-budini sotib, bu yil boraman deb astoydil otlanibdi.
- Manda shuni oling-da, menga o’rinni bering, - dedi u kishi qo’limga bir o’ram pulni tutqazib.
- Amaki, men ham sizday niyat qilib yuribman, - dedim o’zimni zo’rg’a bosib, - pulingiz o’zingizga buyursin. Bu yil bo’lmasa yanagi yil borarsiz.
- Yoq, yanagi yilgacha yashashga ko’zim yetmaydi.
Qariyaning holiga qarab, rozilik berganimni o’zim ham bilmay qoldim. Amaki hursand bo’lganidan meni quchoqlay ketdi. Tashqariga chiqib ichimdan zil ketdim. Endi qo’lga kiritgan eding, shuni ham chiqarib yubording-a, deb shayton g’ul-g’ula soldi. Allohga shukr, so’zimda turdim.
Oradan bir yil o’tib, yurtimiz mustaqil bo’ldi. Shu tufayli hajga boruvchilar qatoriga men ham yozildim. Eng asosiysi, hukumatimiz tomonidan shu yil haj ziyorati tekin bo’ldi.
Haj safaridan eson-omon qaytib keldim. Alloh duoimni qabul qildi. Haj pullarimni ham masjid uchun yig’ilganlariga qo’shib qurilishni boshladim. Yetmay qolganiga, qo’ni-qo’shni, qarindoshlar yordam berishdi. Ikki yilda masjid qurildi. Astoydil so’rasang, bir necha barobar qilib berar ekan.

Rustam Zoir 
(Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.