background
logotype
image1 image2 image3

Eski chorig‘ingni unutma!

1900 yilning boshlari. Amerikada yashaydigan qora tanli ikki do‘st – Smit va Jonga ham boshqa irqdoshlari kabi tuban muomala va g‘ayriinsoniy munosabat ravo ko‘rilardi. Ikki do‘st bir kuni Nyu York ko‘chalarida ketib borisharkan, bir reklamaga ko‘zlari tushib qoladi. Unda shunday yozilgandi: “Negrlar “oqartiriladi”! Bor-yo‘g‘i 100 dollar evaziga!!!”

Smitning 101, Jonning 99 dollari bor edi. Jon Smitga: “Ortiqcha bir dollaringni menga ber, ikkalamiz ham kirib “oqarib” chiqamiz”, deydi. Smit bu taklifni qabul qilmaydi: “Yo‘q! Avval men kirib chiqay, keyin sen kirasan!”

Birozdan keyin “oqarib” chiqqan Smitni ko‘rib, Jonning havasi ortib ketadi: “O‘-o‘-o‘, Smit! Rosa oqaribsanmi?! Qolgan bir dollaringni ber, men ham kirib “oqarib” chiqay”. Lahzalik sukutdan keyin endi “o‘zga” bir Smitning javobi yangradi: “Yo‘qol ko‘zimdan, habash!”

Qissadan hissa esa... Hammasini hikoyaning o‘zi aytib turibdi, shunday emasmi?!

“Irfon” taqvimining 2009 yil, 2-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.