background
logotype
image1 image2 image3

Dilozor

Yomg’irli kunlarning birida bekatda aftobus poylab tursam, yoshi elliklardan oshib qolgan bir ayol yonimga kelib turdi. Ayol kun sovuq bo’lishiga qaramay,biz oz yupun kiyinganidan dildirab turardi. Unga rahmim keldi.
-    Opaxon qayerga borayapsiz shunday havoda? – dedim. 
-    Yo’lni ham yaxshi bilmayman. Markaziy kasalxonaga borishim kerak edi, - dedi u.
-    Bir oz kutsangiz, yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz. Qayerda tushish kerakligini o’zim ko’rsatib yuboraman, - dedim men.
Bir ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi. Ammo qaerdandur 5-6 yo’lovchi kelib, bizga qo’shildi. Men baribir navbat bizniki degan hayolda turaverdim. Ammo mashina kelishi bilan ortimizdagilar “hujum” ga o’tishdi va bizdan oldin mashinaga chiqib olishdi.
-    Insof qilinglar, navbati bilan-da, - dedim qizishib. – Biz qancha paytdan beri kutib turibmiz-ku!
Hech kim gapimga e’tibor qilmadi.
-    Hech bo’lmasa mana shu onaxonni kasalxonaga tashlab qo’ying, shoshib turibdi, - dedim bus afar haydovchiga yuzlanib.
Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga qaradi. Ayolning ahvolini ko’rdi-da:
-Ozgina kutsangiz, o’zlari kasalxonaga olib ketishadi, - dedi piching qilib.
Biz ikkimiz indamay bekatga qaytdik. Baxtimizga keyingi mashina tezda keldi.
Ammo ko’p yurmay chorahadagi “probka” da turib qoldik. Haydovchi nima gapligini bilish uchun o’sha tomonga ketdi. Bir payt rangi oqarganicha qaytib keldi:
-    Mendan oldingi ketgan taksi “Kamaz” ga urilib ketibdi!
Men “yalt” etib ayolga qaradim. U indamay mendan nigohini olib qochdi va nimalardir deb pichirlab qo’ydi.
-    Ichidagilarga hech narsa qilmabdimi? – dedi kimdur achinib.
-    Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib ketishibdi, - dedi haydovchi.

M.Hamroyev 
(Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)

 


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.