Chuv tushgan usta
U chindan ham o‘z ishining ustasi edi. Ammo oilasi kattalashib, ehtiyoji ortib borgani kasbini o‘zgartirishi kerakligini o‘ylab qoldi. Ishlab turgan joyidan bo‘shasa, qo‘liga kattagina pul tegadi, biror boshqa narsa boshlashi mumkin. Shularni o‘ylab, yoshi katta bo‘lib qolgani, endi uy qurish og‘ir kelishini aytib, ishdan bo‘shamoqchiligini bildirganida boshlig‘i bir shart bilan rozi bo‘ldi: «Menga ketishingizdan avval yana bir yaxshilik qilasiz – mana shu rejaga asosan uy qurib berasiz».
«Mayli», dedi usta va ishga kirishdi. Ammo, qancha urinmasin, oldingilari singari shavq, mehr bilan ishlolmadi. Boshqa payt bo‘lsa eng sifatli mahsulotlardan foydalangan bo‘lardi, biroq... Xullas, «Mendan ketguncha, egasiga yetguncha» qabilida qurib, bitkazdi uyni.
Boshliq uyni ko‘rgani keldi va qo‘lidagi kalitni tutqazdi: «Bu uy sizga mendan hadya!» Usta qotib qoldi. Nima qilib qo‘ydi? Koshki uy o‘ziniki bo‘lishini bilganidaydi... shunday qurarmidi?!
Qissadan hissa. Biz ham shunday – kunma-kun hayotimizni qurib boramiz. Aksariyat paytlar, qodir bo‘lib, quvvatimiz yetgani holda, amallarimizda hafsalasizlik qilamiz. Keyin esa qurgan uyimizda o‘zimiz yashashimizni bilgach, pushaymon chekamiz. Ortga qaytishning imkoni bo‘lsaydi, aslo bunday qilmasdik. Ammo, eng yomoni, orqaga yo‘l yo‘qligidir.
Demak, har birimiz ustamiz. Har kuni bir mix qoqamiz, bir devor tiklaymiz. Bugun qilayotgan ish-harakatlarimiz, tanlovlarimiz bilan o‘zimiz uchun uy tiklab boramiz. Yaxshi uyda yashashni istasak, har qadamda diqqatli bo‘lishga majburmiz.
Aslo sitam ko‘rmagandek seving!
Pulga ehtiyojingiz yo‘qdek ishlang!
“Irfon” taqvimining 2012 yil 3-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.