background
logotype
image1 image2 image3

Bekatdagi suhbat

Bir kuni bekatda avtobus kutayotgan edim. Bekatda o’tirgan hushro’ygina, ammo yarim yalang’och kiyingan bir qizcha diqqatimni tortdi. Transport kelgunicha, oramizda suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatni qanday bo’lsa, shundayligicha qog’ozga tushirishga harakat qildim. 
-    Kechirasan, singlim nechanchi sinfda o’qiysan? 
-    Sakkizinchi, nimeydi?
-    Shundoq o’zim. O’zingni tutishingga qarab biron litsey yoki kollej o’quvchisi deb o’yladim. 
-    Ota – onang o’zbekmi?
-    Ha. Ular o’zbeklar. Nimaga buni so’rayapsiz?
-    Shunchaki. Yoki dugonalaring rus qizlarmi?
-    Yo’q unday emas. To’g’ri uch – to’rtta rus dugonalarim ham bor.
-    Ovrupaliklar singari kiyinib olganingni ko’rib, shunday hayolga keldim. 
-    Tushunmadim, kiyinishim yomonmi? Nimasi yoqmadi sizga?
-    Sening o’zingga yoqadimi? O’zing bunga qanday munosabat bildirasan?
-    Albatta yoqadi, yoqmasa shunday yurarmidim?
-    Ota–onang bunga qanday qarashadi, bunday yurishdan qaytarishmaydimi?
-    Nabarot. O’zlari olib berishadi bunaqa kiyimlarni. 
-    Hafa bo’lmagin-u, bunday yurishing o’zbek qizlariga umuman yarashmaydi.  
-    Yarashmasa – yarashmas. O’zbek qizlari qanday kiyinishadi? Uzun ko’ylak, lozimmi? Bu hozirgi zamonga mos emas.
-    Siz o’zi televizor ko’rasizmi? – so’radi qizcha.
-    Onda – sonda ko’rib turaman, nimeydi?
-    Faqat O’zbekiston kanallarini ko’rsangiz kerak-da? “Kamalak”ni, “Kabel”ni ko’rmaysizmi?
-    Yo’q, menda unaqa imkoniyat yo’q.
-    Agar bu kanallar orqali qo’yilayotgan kinolarni ko’rganizda meni ko’rib hayron qolmasdiz!
-    Huddi o’g’il bolalardek kiyinib olganing meni taajjubga solyapti.
-    Mejdu prochim, o’g’il bolalarga qornini ochib yurishlik yarashmaydi. Qizlarga esa bu yarashadi. Yoki siz kindigini ko’rsatib, qornini ochib yurgan bironta o’g’il bolani ko’rganmisiz? Bu MODA! Bu madaniyat faqat qizlar uchun!
-    Demak, o’g’il bolalar Alloh ko’rsatish harom qilgan joylarini berkitib yuradi. Sen kabi qizlar esa…
-    Ha, siz mullamisiz? Meni buvim ham namoz o’qiydilar!
-    Unday bo’lsa, buving seni bunday yurishdan qaytarmaganmi?
-    Qaytarganlar. Faqat ularni oldilariga bunday kiyimda bormayman-da.
-    Faqat ko’chada, o’zingni ko’z-ko’z qilib shunaqa yarim yalang’och yurasan, shundaymi?
-    Men bilan hech kimni ishi bo’lmasin! Xo’jayinlik qiladigan o’z ota – onam bor! Bildiyzmi?
Qizchaga  boshqa gapirish, tushuntirish befoyda ekanini anglab, suhbatni yakunlashga qaror qildim. Ha-ya, avtobus ham kelib qolgandi.

Rahmatulloh
“Musulmonlar taqvimi” kitobidan olindi. 

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.