Adashishning eng yomoni…
Kollejda o’qib yurgan kezlarimda guruhimizdagi bir dugonam o’qishga kelmay qo’ydi. Undan habar olish maqsadida besh – oltita kursdosh qizlar bilan yo’lga tushdik. Dugonamnikiga etib kelgach, bizni uyga taklif qildi. Uning onasi biz bilan suhbatga kirishib, g’alati gaplarni gapira boshladi. “Shuncha yil namoz o’qib, foydasini ko’rmadim, Islom dinidan hech qanday naf bo’lmadi”, dedi u. Biz bu gapdan yoqmizni ushladik. Keyin menga bir kitob uzatib: “Ovozingni chiqarib o’qi, qolgan qizlar ham eshitsin”, dedi. Kitobni qo’imga olsam, Injil ekan. Men uni o’qiy olmasligimni aytib, qaytarib berdim. Chunki bizning yagona kitobimiz Qur’oni karim ekanini tushunar edim.
Dugonamning onasi kitobni o’zi o’qib, o’zicha tavsiflay boshladi. Iso payg’ambarni Xudo bilib, unga sig’inishini va u istagan narsasini berayotganini, hamma oila a’zolarini ishi yurishib ketganini gapira ketdi. Men bu gaplardan “Astag’firulloh”, deya oldim halos.
Onasidan dugonamizning o’qishga bormayotganini sababini so’rasak, qandaydir raqs to’garagiga qatnashayotganini, u erda o’g’il – qizlar kun bo’yi ashula aytib, raqs tushishini bamaylihotir so’zladi. O’z navbatida bizlarni ham shunga da’vat qildi. Oxiri bunga chidab turolmasdan o’rnimizdan turdik.
Axir bu ochiqdan – ochiq dindan chiqish emasmi? Butun olamlarning egasi Alloh, ibodatga loyiq bo’lgan zot Uning o’zi emasmi?! Bugungi kunda aslida musulmon millatiga mansub ba’zi bir yurtdoshlarimizning haq yo’ldan adashib, o’zga dinlarga kirib ketayotganini qanday izohlash mumkin? Axir Alloh taolo Qur’oni karimda: “Albatta, Alloh nazdidagi (maqbul bo’ladigan) din Islomdir”, (Moida, 3) deb aytib qo’ygan – ku!
Alloh taolo barchamizni adashishdan asrasin. Zero, adashishning eng yomoni hidoyatdan keyingi zalolatdir.
“Musulmonlar taqvim kitobi” dan olindi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Ro‘za kitobi
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Tahorat kitobi
- Salovotlar. Istig'for duolari
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
- Ramazon taqvimi (2018 yil / 1439 hijriy)
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.