background
logotype
image1 image2 image3

Achchiq hosilot

 Farzandim tug’ilganida ulgurishim kerak bo’lgan mol – dunyo va ko’paytirilishi kerak bo’lgan aktsiyalar bilan mashg’ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atay-chechak yurishini, shirin – shirin gapirishni o’rganibdi.
    Biroz o’sgandan keyin esa: “Men sizga o’xshashni istayman, adajon… Men katta bo’lsam sizga o’xshayman” deya boshladi. 
    Doim ish joyimga qo’ng’iroq qilib:
    - Adajon, uyga qachon kelasiz?- deb so’rardi.
    - Qachon kelishimni bilmayman, o’g’lim. Ammo kelganimda mazza qilib o’ynaymiz…
    Yillar shu kabi o’tdi. O’g’lim o’n yoshga kirdi. Unga bir koptok sovg’a qildim.
    - Rahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o’ynang, - dedi.
    - Shu haftaning ichida bitirishim kerak bo’lgan ishlarim bor, o’g’lim. Dam olish kuni o’ynaymiz, xo’pmi?
    “Xo’p”, dedi-yu, faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. “Katta bo’lsam men ham siz kabi bo’laman…”
    O’g’lim avval maktabni, so’ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o’g’liga qilgan nasihatlariniberish uchun:
    - O’g’lim, men sen bilan juda faxrlanaman. Kel, biroz o’tirib suxbatlashaylik, senga bir ikki og’iz gapim bor, - desam.
    U sekin kulimsirab:
    “Do’stlarim bilan uchrashishga va’dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasmi? Keyin gaplasharmiz”, - dedi.
    Yana yillar o’tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O’g’lim esa boshqa shaharda ishlar va o’sha erda yashardi. Bir kuni unga qo’ng’iroq qilib:
    - Dam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo’larmidi?! – dedim.
    - Xo’p, ada. Faqat ishlarim ko’proq, ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. O’zim ham sizlarni juda sog’inganman.
    - Xo’p, unda qachon kelasan, o’g’lim?
    - Bilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor, shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz.
    Shu so’zlar bilan telefon go’shagini qo’ygan o’g’limning bolalik orzusini ro’yobga chiqarganimni tushundim: Otasiga o’xshaganini… ayni otasi kabi ulg’ayganini…

Anushbibi tayyorladi
“Musulmonlar taqvim kitobi”  2007 yil 1- kitob

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.