background
logotype
image1 image2 image3

Bu cho‘g‘ ming oltinga arziydi

Bir kun Sulton Sulaymonxon arkoni davlat ila sayrga chiqdi. Sayrda Sulton Sulaymonxon qattiq yoqqan yomg‘irda qoldi va yaqin orada bir qishloqdagi uyga kirdi. Podshohning mehmon bo‘lganidan mamnun bo‘lgan qishloq odami yaxshilab o‘t yoqdi va podshohni isitdi.

Bu odam yoqqan o‘t podshohga ko‘p xush yoqdi. Shoh mezbonni xursand qilish uchun:

— Bu sen yoqqan olov ming oltinga arziydi. Ming oltinga! — deb iltifot qildi.

Mehmon bo‘lgan arkoni davlatni qo‘lidan kelganicha kutib olgan dehqonga podshoh uydan chiqayotib:

— Og‘a, bizning biror burchimiz bormi, — dedi.

Dehhon:

— Burchingiz bir ming bir oltin, podshohim, — dedi. Podshoh hayratga tushdi va:

— Bu nimaning puli? Nega muncha ko‘p pul so‘rayapsan? — dedi. Dehqon kulib:

— Podshohim, men ovqat uchun bir oltin so‘rayman. Olov uchun siz «ming oltin arziydi», dedingiz, — dedi.

Podshohga dehqonning javobi ko‘p xush yoqdi, zavqlanib kuldi va ming bir oltin berishni buyurdi. Dehqon:

— Men hazil uchun, shunchaki aytib qo‘ydim, pul kerak emas, — dedi.

Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.