background
logotype
image1 image2 image3

Bir yaxshilikka o‘n yaxshilik

Bir kuni Fotima (roziyallohu anho) betob bo‘lib qoldilar. Ko‘ngillari anor tusadi. Bu haqda erlari hazrat Aliga (roziyallohu anhu) aytdilar. Hazrat Ali (roziyallohu anhu) bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Pullari faqat bittagina anorga yetar edi, xolos.

Bozordan qaytayotganlarida yo‘lda bir tilanchi uchrab, qo‘llaridagi anorni so‘rab qoldi. Hazrat Ali (roziyallohu anhu) anorni ikkiga bo‘lib, yarmini o‘sha gadoga berdilar. Tilanchi xursand bo‘ldi. Uyga kelib, ayollariga anorning yarmini kimga berganlarini aytdilar. Fotima (roziyallohu anho):

– Alloh sizdan rozi bo‘lib, ajr-mukofot bersin, – dedilar.

Oradan hech fursat o‘tmagan ham ediki, eshik taqillab qoldi. Hazrat Ali (roziyallohu anhu) ochib qarasalar, eshik oldida Salmon Forsiy (roziyallohu anhu) turibdilar. Qo‘llaridagi idishda o‘n dona anor.

– Bu anorlarni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) berib yubordilar, – dedilar Salmon Forsiy.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.