Asl boylik nima?
Faqir kishi Janobi Haqqa noliy boshlabdi: «Ey Yaratgan egam, nega meni boshqa bandalaringdan kam ko‘rding, rizqimni kam qilib yaratding?!» Uning bu gaplarini bir yo‘lovchi eshitib qolibdi va so‘rabdi: «Birodar, tinchlikmi? Nimadan norizosan?!» Shunda xaligi kishi: «Alloh menga ko‘p rizq ato etmadi, tinmay mehnat qilaman, biroq faqirlikdan chiqib keta olmayapman!» Yo‘lovchi bir oz o‘ylanib turgach debdi: «Mayli, senga besh ming tilla beraman, evaziga bitta ko‘zingdan voz kechasan!» Faqir qattiq qo‘rqib ketib, ikki qadam orqaga chekinibdi: «Esing bormi? Qanday qilib besh ming evaziga ko‘zimdan voz kechishim mumkin?!» Yo‘lovchi savdolashishda davom etibdi: «Unda bitta qo‘lingni beraqol. O‘n ming tanga beraman? «Bo‘lmaydi, – jahllana boshlabdi faqir, – yuz ming bersang ham qo‘limni bermayman!» «Mayli, unday bo‘lsa, shu o‘n mingga bitta barmog‘ingni ber!» – uni holi-joniga qo‘ymabdi yo‘lovchi. «Nega barmog‘imni sotarkanman?! Butun dunyoning moliga almashmayman barmog‘imni!» Uning bu gapini eshitgan yo‘lovchi maqsadga ko‘cha qolibdi: «Ey noshukr banda, unda nega noliyapsan? Alloh senga qancha boylik berganini ko‘rmayapsanmi? To‘rt muchang sog‘, aqlu xushing joyida. Sen esa, faqirlikdan nolib o‘tiribsan. Alloh bergan shuncha ne’matga shukr qilish kerak emasmi?!»
Behruz Yoqubov tayyorladi
"Hidoyat" jurnalidan olindi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.