background
logotype
image1 image2 image3

Asir sichqoncha va bandaning rizqi

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
“Xattotlik bilan shug‘ullanib turardim. Ustozimga “Sahihi Buxoriy”ni ko‘chirib tursam,  xonadondagilar bugun yeyishga ham hech narsa qolmaganini aytishdi. Mening ham qo‘limda hech nima yo‘q. Bugun endi sabr qilasizlar, ertaga Alloh bir yo‘lga boshlar, deb ma’yuslanib, yoza boshladim. Bir mahal kovakdan kichkina sichqon chiqib, kitobimning ustida uyoqdan buyoqqa o‘taverdi. Mening ko‘nglimni hadeb parishon qilavergach, kosani olib, sichqonchaning ustiga to‘nkarib qo‘ydim. Bir payt bolasini qidirganday ona sichqon chiqib, kosa atrofini iskay boshladi. Kosa ostidan “chi-chi”lagan ovoz eshitildi, go‘yoki ona-bola tillashishdi. Ona sichqon kovakka kirib ketib, keyin bir misqollik oltinni tishlab chiqdi-da, kosaning oldiga qo‘ydi. Kosaning oldida aylanib, “chi-chi”lab turdi-da, yana kovakka kirib ketdi. Keyin ikkinchi oltinni olib chiqdi. Men qarab turibman. Sichqon tashigan oltinlar 14 taga yetdi. So‘ng “endi oltin tamom bo‘ldi, mana hamyoni” deganday charm katmonni sudrab chiqdi. Bildimki, uning bisotida hech narsa qolmabdi. Kosani ko‘tardim, ona-bola sichqonlar iniga kirib ketdi.
Mana shu sichqonlar bilan-da, mening rizqimni Alloh yetkazgan edi…”

Hoji Domla Hindistoniy rahmatullohi alayh ma’ruzalari asosida tayyorlandi.

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.