background
logotype
image1 image2 image3

Allohim, men bilan gaplash...

Kunlardan biri, bir odam qo’llarini osmonga cho’zib yolvordi: 
“Allohim! Men bilan gaplash!”

Aynan o’sha paytda o’sha odamning bog’chasida bir bulbul o`zining eng so`nggi ashulasini aytayotgan edi. 
Odam bulbulga quloq solmadi, va yalinishni davom etti: 
“Allohim! Men bilan gaplash!”

Birozdan keyin havo berkidi, momaqaldiroq va chaqmoqlar bilan birga shiddatli yomg’ir yog’a boshladi. Faqat odam tinglamadi, yolvorishni davom etdi: 
“Allohim! Seni ko’rishimga izn ber!”

U bunday yolvorarkan, yomg’ir tugadi va quyosh butun ehtishomi bilan nurlarini odamning uyigacha olib kirishga boshlagan edi. Faqat odam bu manzaraga e’tibor ham bermadi. Har kuni ko’radigan narsasi emasmi? 
Yolvorishni davom etti: 
“Menga bir mo`jiza ko`rsat Allohim! ”

U bunday yolvorarkan, yaqindagi uylarning birida yangi tug’ilgan chaqaloqning yig`lashlari eshitilardi qulog’iga. Ammo odam buni ham faqrlolmadi. 
Qayg’udan yig’lardi odam: 
“Allohim! Javob ber menga! Shu yerda ekanligingni menga bildir!”

O`sha payt bir kapalak odamning qo’liga qo’ndi, lekin u boshqa qo’li bilan kapalkni haydab yubordi. Va yig`lashni davom etdi: 
“Allohim! Nega menga javob bermayapsan?”

Muhammad Alihon tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.