background
logotype
image1 image2 image3

Alloh ko‘rib turibdi

Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar.
Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi:
— Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor!
— Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon!
— Bilaman.
— Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman?
— E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q!
— Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku...
Hazrati Umar shundan  so‘ng uyga qaytdilar. O‘g'illari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.