Aks sado va hayot
Ota bilan o‘g‘il tog‘da kezib yurishardi. Birdan o‘g‘li qoqilib tushdi va joni og‘rib, baqirib yubordi. Uzoqdagi cho‘qqidan u chekkan “oh: aks-sadosi keldi. Bola bu sadoni eshitib, hayron qoldi va: “Sen kimsan?” deb baqirdi. Yana: “Sen kimsan?” deb aks-sado keldi. Bola g‘azab bilan: “Sen qo‘rqoqsan!” deb baqirdi. Tog‘dan ham: “Sen qo‘rqoqsan!” degan javob keldi.
Bola otasiga qarab:
— Dada, nima bo‘lyapti? — deb so‘radi.
— O‘g‘lim, buni bilib ol, — dediyu otasi toqqa qarab: “Senga hayronman!” deb baqirdi. Tog‘dan javob keldi: “Senga hayronman!” Otasi endi: “Sen muhtashamsan!” deb baqirdi. Javob keldi: “Sen muhtashamsan!” Bola hayron qoldi, ammo hali ham nimalar bo‘layotganini fahmlay olmasdi. Otasi bu voqeani shunday izohladi:
— O‘g‘lim, buni odamlar “aks-sado” deyishadi, aslida bu hayotning bir qonunidir. Boshqalarga berganlaringni hayotdan olasan. Hayot bizning qilmishlarimizdan iborat. Sevgi istasang, ko‘proq sev! Shafqat tilasang, yanada shafqatli bo‘l! Hurmat istasang, katta-kichikni e’zozla. Insonlarning senga sabrli bo‘lishlarini istasang, o‘zing ham sabrli bo‘lishni o‘rgan.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.