background
logotype
image1 image2 image3

Abu Ubaydaning afzalligi

Janglardan birida bo‘lgan Abu Ubayda ibn Jarrohga hazrati Umar (r.a.) 4000 dirham maosh yubordilar. Pulni olib borayotgan kishiga tayinladilar: «Kuzat-chi, Abu Ubayda bu pullarni nima qilar ekan?»

Boyagi odam pulni egasiga topshirdi va xalifaning amriga muvofiq Abu Ubaydani ta’qib qildi. Buyuk sahobiy esa, o‘ziga bir dirham ham olib qolmay, barcha pullarni qo‘shindagi jangchilarga tarqatib chiqdi. Bu xabarni eshitgan hazrati Umar (r.a.) ko‘zda yosh bilan dedilar:

– Musulmonlar ichida shunday insonlar borligi uchun Senga shukur va hamdlar bo‘lsin, Allohim!

Yana kunlardan bir kun Abu Ubayda (r.a.)ning uyini har tomondan kuzatib chiqqan hazrati Umar shunday xitob qildilar: «Dunyo hamma narsani o‘zgartirdi, faqat seni o‘zgartirolmadi, ey Abu Ubayda!»

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 4-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.