Namozga oid hadislardan namunalar
* Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».
* «Asr namozini qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir».
* «Qorong‘u kechalarda masjidga borgan kishilarga, Qiyomat kuni bir nurga mazhar bo‘lishlari xushxabarini yetkazing».
* «Sizlardan birlaringiz namoz o‘qigan joyda tahoratini buzmasdan o‘tirgan muddatgacha, farishtalar: «Iloho, bu kishining gunohlarini kechir va unga rahm ayla», deb duo etishadi»
* «Allohga qasamki, shunday narsa xayolimdan o‘tyapti: o‘tin to‘plashni buyursam va o‘tinlar to‘plansa. Keyin namozga buyursam, namoz uchun azon aytilsa, keyin bir kishini mo‘minlarga imomlikka o‘tishni buyursam-da, namozga kelmaganlarning borib uylarini yoqsam...»
* «Mo‘minlar xufton va bomdod namozlaridagi savobni bilganlarida edi, bu namozlarni jamoat bilan o‘qish uchun, emaklab bo‘lsa ham, masjidga kelishar edi».
* «Namoz inson bilan shirk va kufr o‘rtasidagi bir pardadir. Namozni tark etish bu pardani ko‘tarish bo‘ladi».
* «Ular (kofirlar) bilan bizning o‘rtamizni farqlaydigan alomat namozdir. Binobarin, namozni tark qilgan kimsa kofirlarga o‘xshabdi».
* «Banda Qiyomat kunida eng avvalo namozdan hisob-kitob qilinadi. Agar namozi durust chiqsa, qutulibdi va yutibdi. Agar namozi durust chiqmasa, yutqazibdi. Farz namozlari kam chiqsa, Alloh azza va jalla: «Qarang-chi, qulimning nafl namozlari bormi?» deydi. Namozlarining kami nafl namozlar bilan to‘ldiriladi. Qolgan amallari ham shu tarzda hisob-kitob qilinadi».
* «Bir kuni Payg‘ambar, alayhissalom, huzurlarida namoz o‘qimay tong otguncha uxlagan bir kishining nomi tilga olindi. Rasuli Akram: «Unday bo‘lsa, u odamning quloqlariga yo qulog‘iga shayton bavl etibdi», deya marhamat qildilar».
* «Sizlardan birov uxlab qolsa, shayton uning orqa miyasiga uch tugun tugib qo‘yadi va har tugunga: «Hali tunlar uzun, (bemalol) uxla», deya afsun o‘qiydi. Agar u odam uy-g‘onib Allohni zikr etsa, tugunlardan bittasi, tahorat olganida yana biri, namoz o‘qiganida esa, qolgani ham yechiladi va qalbi quvonch va xushnudlikka to‘lib tong ottiradi. Aks holda, shayton tugib qo‘ygan tugunlarning ta'sirida dangasalik bilan tong otguncha uxlab qoladi».
* Kechasi turib ibodat qilgan va xotinini uyg‘otgan, xotini turishni xohlamasa, yuziga suv sepgan odamga Alloh rahmatini yog‘dirsin. Kechasi turib namoz o‘qigan va erini uyg‘otgan, eri turishni xohlamasa, yuziga suv sepgan xotinga Alloh rahmatini yog‘dirsin».
* «Namoz jannatning kalitidir».
* «Namoz dinning ustunidir».
* «Namoz mo‘minning me'rojidir».
* «Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda ummatlaringga besh vaqt namozni farz qildim. O‘zimcha ahd qildimki, kim shu besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib yursa, u kishini jannatga kiritaman. Kim o‘z vaqtida ado etib yurmasa, u banda xususida ahdim yo‘qdir» (Hadisi qudsiy).
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.