Zakotga doir savollarga tushuntirish berolmaysizmi?
Savol: Zakotga doir savollarga tushuntirish berolmaysizmi?
Javoblar:
1. Nisob miqdoridan oz puli bor kishining zakot berishi sadaqa hisoblanadi.
2. Banknot pullar qiymatlari o‘zi nisobga yetsa yo pulga qo‘shilsa nisobga yetsa zakot beriladi.
3. Kishi shaxsiy qanoati bilan oyati karimada bayon qilingan kishilardan deb o‘ylagan kishiga zakotni bersa-yu, keyinchalik u kishining bunday toifadan emasligi ma'lum bo‘lsa zakoti maqbuldir.
4. Nisob miqdoricha boylikka ega bo‘lgan kishining vaqti kelmay turib, bir necha yilning yoki bir necha nisobning zakotini avvaldan berishi joizdir.
5. Zakoti beriladigan molning zakotini berish onidagi (yil to‘lgandagi) qiymati e'tiborga olinadi.
6. O‘lgan odam qoldirgan moldan zakotim berilsin, deb vasiyat qilmagan bo‘lsa, zakot berilmaydi. Agar vasiyati bo‘lsa, qoldirgan molining uchdan biridan zakot chiqariladi.
7. Oltin, kumush va boshqa pullarning zakot qiymatini tijorat molidan, (bug‘doyga o‘xshash) o‘lchanadigan va tortiladigan narsalardan berish durustdir.
8. Nisob miqdorini to‘ldirish uchun tijorat mollarining, oltin, kumushning qiymatlari hamda boshqa pullar ham bir-biriga qo‘shib hisoblanadi.
9. Oltin va kumush o‘z tarkibidagi boshqa moddalardan ko‘p bo‘lsa, sof hisoblanadi. Agar bunday holda boshqa moddalar oltin va kumushdan ko‘p bo‘lsa hamda tanga holida va muomaladagi pul hisoblansa, (zakot berishda) uning qiymati e'tiborga olinadi.Agar bu pullarning qiymati nisob miqdorida bo‘lsa, zakoti beriladi. Aks holda berilmaydi. Mazkur sof bo‘lmagan oltin yoki kumush pullar muomalada o‘tmaydigan bo‘lsa, hamda kishi ularning tijorati bilan shug‘ullanishni niyat qilsa, hukmi tijorat mollari kabi bo‘ladi.
10. Kishining o‘z mulki bo‘lishiga qaramay, qo‘lida mavjud bo‘lmagan va qaytib olishiga ko‘zi yetmagan molini (keyinchalik) qo‘lga kiritsa, o‘tib ketgan davri uchun zakot berishi lozim emas.
11. Nisob miqdorida puli bo‘lgan kishining yil o‘rtasida qarzdor bo‘lib qolishi, Imom Muhammadga ko‘ra molning talofatga uchrab yo‘qolib ketishi kabidir. Imom Abu Yusufga ko‘ra esa, bu holat yil davomida nisob miqdoridan biroz kamayish hisoblanadi. Yil oxirida zakot berish majburiyati yo‘qolmaydi.
12. Zakot beriladigan paytda oltin va kumushni tortib, zakotini berish to‘g‘ri bo‘ladi.
13. Har qnday moldan nisobga erishgan kishi ayni yilda tijorat, meros va boshqa yo‘l bilan qo‘shilganini ham hisoblab zakot beradi.
14. Zakot berilishi lozim bo‘lgan mulk zakoti berilmay turib batamom zoe bo‘lsa, u mulkning zakoti bekor bo‘ladi. Bir qismi zoe bo‘lsa, qolgan qismi nisob miqdorida bo‘lsa, zakoti beriladi.
15. Faqirlarda qarzi bo‘lgan kishi uni olmay, zakot niyatida qarzidan kechsa, bu zakot o‘rniga o‘tmaydi. Zakot o‘rniga o‘tishi uchun faqirdan qarzini olib, so‘ngra takror zakot niyatida berishi zarur.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.