background
logotype
image1 image2 image3

Chorva hayvonlaridan ham zakot beriladi, deb eshitdim. Shu gapda jon bormi?

Savol: Chorva hayvonlaridan ham zakot beriladi, deb eshitdim. Shu gapda jon bormi?

Javob: Yilning aksariyat qismini dalalarda o‘tlab o‘tkazadigan qo‘y, sigir va tuyaga o‘xshash to‘rt oyoqli hayvolardan zakot berish farzdir.

Tijorat maqsadidagi otlardan ham zakot beriladi. Yuk tashish va minish maqsadida qo‘llanilgan otlardan, yem berib boqiladigan otlardan zakot berilmaydi. O‘tlaydigan otlar suti uchun yoki ko‘paytirish uchun boqilayotgan bo‘lsa, agar ular sof arab otlaridan bo‘lsa, egasi hohlasa, ot boshiga bir dinor, hohlasa, otlarning jami qiymatini hisoblab, ikki yuz dirhami uchun besh dirham (2,5 foiz miqdorida) zakot beriladi.

Agarda suti uchun yoki ko‘paytirish maqsadida boqilayotgan otlar arab otlaridan bo‘lmasa, faqatgina qiymati hisoblanib, har ikki yuz dirhamidan besh dirham zakot beriladi.

O‘ttiz boshdan kam bo‘lgan sigirlardan zakot berilmaydi. Sigirlar soni o‘ttiztaga yetgach, ulardan ikki yoshga o‘tgan bir dona urg‘ochi yo erkak buzoq zakotga beriladi. Sigirlar soni qirqtaga yetgach, ulardan uch yoshga o‘tgan bitta urg‘ochi yoki erkak buzoq zakot beriladi. Oltmishta sigir uchun ikki yoshga o‘tgan ikkita erkak yoki urg‘ochi buzoq zakotga beriladi. Yetmishta sigir uchun ikki yoshga o‘tgan erkak buzoq bilan uch yoshga o‘tgan urg‘ochi buzoq zakotga beriladi.

Bundan oshgan har o‘n besh sigir uchun umumiy sonlariga ko‘ra, bitta ikki yoshga o‘tgan erkak buzoq yo uch yoshga o‘tgan urg‘ochi buzoq qo‘shib zakot beriladi. Qo‘toslardan zakot berish sigirlardan zakot berish kabidir.

Qirqtadan oz bo‘lgan qo‘ylardan zakot berilmaydi. Qirqtadan bir yuz yigirmatagacha bo‘lgan qo‘ylardan bitta qo‘y zakot beriladi. Bir yuz yigirma bittadan ikki yuztagacha qo‘ylardan ikkita qo‘y zakotga beriladi. 201 tadan 400 tagacha qo‘ylardan uchta qo‘y zakotga beriladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.