background
logotype
image1 image2 image3

Bir birodarim mendan kattagina miqdorda qarz olgan. Shunga ham zakot to‘laymanmi?

Savol: Bir birodarim mendan kattagina miqdorda qarz olgan. Shunga ham zakot to‘laymanmi?

Javob: Qarzlar uch turlidir: 1. Kuchli qarz. 2. O‘rtacha qarz. 3. Zaif qarz.

Qarzdorligini yo molni olib, pulini to‘lamagani haqidagi hujjatni inkor etmagan kishilardagi qarz kuchli qarzdir. Bularning miqdori nisobga yetgan bo‘lsa, bir yil o‘tgach, zakoti beriladi. Agar nisob miqdorida bo‘lmasa, qo‘lidagi mablag‘ga qo‘shiladi, jami nisob miqdoriga yetsa, zakoti chiqariladi.

Tijorat maqsadida bo‘lmagan mollar ehtiyoj uchun sotilganida olinishi lozim bo‘lgan, ammo hali olinmagan mablag‘ o‘rtacha qarz hisoblanadi. Bu tur qarzdan u olinmaguncha zakot berilmaydi. Ammo olingach, miqdori nisobga yetsa, sotilgan kundan e'tiboran hisoblanib zakoti beriladi. Nisob miqdorida bo‘lmasa, qo‘lidagi mablag‘ga qo‘shib hisoblanadi.

Mahr, vasiyat qilingan pul va olinmagan tovon pullari zaif qarz bo‘ladi. Bunday pullar nisob miqdorida bo‘lsa, olinganidan e'tiboran bir yil o‘tgach, zakoti chiqariladi. Agar nisob miqdorida bo‘lmasa, qo‘lidagi mablag‘ga qo‘shib hisob qilinadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.