Yolg‘onning nechta xili bor?
Savol: Yolg‘onchilikning og‘ir gunoh ekanini eshitganmiz. Yaqinda yolg‘on bir necha xilbo‘ladi, deb qolindi. Shular haqida ma'lumot berolmaysizlarmi?
Javob: Yolg‘onchilik - munofiqlik belgisi bo‘lib, u og‘ir gunohlardan hisoblanadi. Qur'oni karimning bir necha joyida, Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilingan ko‘plab hadisi shariflarda yolg‘onchilikning do‘zaxga olib boruvchi gunoh ekani zikr etilgan. Ulamolarimiz quyidagilarni eng qabih, deb bayon qilganlar:
1. Qur'oni karim oyatlarini yaxshi bilmagan holda o‘z ta'biricha tafsir qilish, noto‘g‘ri sharhlash yoki tarjima qilish, shuningdek, Alloh taolo buyurmagan narsalarni farz etib, o‘zicha joriy qilish. Bu eng katta yolg‘on
hisoblanadi.
2. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom nomlaridan yolg‘on hadis to‘qish.
3. Noto‘g‘ri guvohlik berish, yolg‘on guvohlik berish ulkan gunohdir. Chunki yolg‘on guvohlik berish oqibatida haq bukilib, botil bo‘y ko‘rsatadi.
4. Savdo-sotiqdagi yolg‘on (molning aybini yashirish, falonchaga oldim, deyish kabi).
5. Oila a'zolari o‘rtasida bir qarashda arzimas tuyulgan yolg‘onlar, ayniqsa, yosh bolani aldash va yolg‘on va'da berish ham yomon yolg‘onlar sirasiga kiradi.
6. Yolg‘onning yomonlaridan yana biri birovni kuldirish yoki xursand qilish uchun yolg‘on so‘zlash.
7. Ko‘rmagan tushini ko‘rdim, deb boshqalarga so‘zlash ham shariatda qattiq qoralanadi.
Faqat uch o‘rinda: urushda, erning xotiniga murosa uchun gapirgan yolg‘onida, ikki arazlashgan kishining orasini isloh qilish niyatida gapirilgan yolg‘on gap gunoh bo‘lib yozilmaydi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Ro‘za kitobi
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Tahorat kitobi
- Salovotlar. Istig'for duolari
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
- Ramazon taqvimi (2018 yil / 1439 hijriy)
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.