background
logotype
image1 image2 image3

Yaqinda farzand ko‘rdik. O‘g‘limizga qanday ism qo‘ysak, islomiy yo‘l tutgan bo‘lamiz?

Savol: Yaqinda farzand ko‘rdik. O‘g‘limizga qanday ism qo‘ysak, islomiy yo‘l tutgan bo‘lamiz?

Javob: Sir emaski, hozirgi kunda farzandlariga urfdagi, zamonaviy ismlar qo‘yishga intiladigan ota-onalar ham yo‘q emas. Shuning oqibatida Shavkat (sanchqi), Diyor (o‘lka), Toshpo‘lat, Sherzod, Gulrang kabi tumtaroq ismlar ko‘payib boryapti. Vaholanki, dinimiz ko‘rsatmasiga ko‘ra farzandiga chiroyli ism qo‘yish ota-ona uchun sunnatdir.

Ular farzandlariga Alloh taologa qulchilikni ifodalovchi, Rasululoh, ulug‘ sahobiylar, allomalar, solih kishilarning ismlarini qo‘yishsa, g‘oyat maqbul bo‘lardi. «Abdu», «Muhammad» qo‘shilgan ismlar eng yaxshi ismlar hisoblanadi.

Farzandiga chiroyli islomiy ismlar qo‘yish har bir ota-onaning bolalari oldidagi burchidir. Rasululoh (s.a.v.): «Siz qiyomat kuni o‘z ismingiz va otalaringizning ismi bilan chaqirilasiz, shunday ekan, bolalaringizga chiroyli ismlar qo‘yinglar», deya marhamat qilganlar.

Agar-da bolaga islomiy bo‘lmagan ism qo‘yilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish mumkin. Islomga mos kelmaydigan ismlarni Rasululloh (s.a.v.) ham o‘zgartirganlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.