background
logotype
image1 image2 image3

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qulog‘iga azon aytilishi haqida shariatimiz nima deydi?

Savol: Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qulog‘iga azon aytilishi haqida shariatimiz nima deydi?

Javob: Musulmonlar o‘z farzandlariga chiroyli ism qo‘yishlari, xatna qilishlari kabi azon aytib «quloq»larini ochish sunnat amallardan hisoblanadi.

Azon aytishdan murod chaqaloqning qulog‘ida ilk bor Alloh va Uning rasuli nomlari yangrashi, qolaversa, musulmonchilikda zurriyotlar tarbiyasiga alohida e'tibor berish, bunda uni islomiy axloq ruhida tarbiyalash kerakligiga ishorat bor.

Hadisi sharifda qulog‘iga azon va iqomat (takbir) aytilgan bolaga jin zarar yetkaza olmaydi, deyiladi. Imom Termiziy va boshqa muhaddislar Rasulullohning (s.a.v.) nabiralari Hasan ibn Aliga (r.a.) azon aytganlarini rivoyat qilishgan.

Chaqaloqqa aytiladigan azon va iqomat namozniki kabi bo‘ladi. Azon aytuvchi qiblaga yuzlangan holda chaqaloqning avval o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga esa iqomat aytadi. So‘ng yangi farzand haqqiga duolar qilinadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.