background
logotype
image1 image2 image3

Uyda it boqish gunohmi?

Savol: Qur’onda it boqish harom deyilgan. Lekin itga ishqiboz bo‘lsa va it boqqisi kelsa nima qilish mumkin?

Javob: Qur’oni karimda it boqish harom deyilgan hukm yo‘qdir. Sizga maslahatimiz Qur’onga bir narsani nisbatlashlikda ehtiyotkor bo‘ling, chunki u Allohning kalomidir. Payg‘ambarimiz alayhissalom ov va qo‘riqchi itlarni boqishga ruxsat berganlar. Ishqibozlikka it boqish yaxshi emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.