background
logotype
image1 image2 image3

«Shayx, muftiy, qozi» kim?

Savol: «Shayx, muftiy, qozi» kim?

Javob: «Shayx»ning lug‘aviy ma'nosi yoshi o‘tgan, sochi oqargan kishi demakdir. Istilohda ustoz, olim, qabila boshlig‘i, jamoa sardori, umuman, kishilar nazarida ilm, fazilat va martabada ulug‘ bo‘lgan insonga nisbatan qo‘llanadi.

«Muftiy» lug‘atda masalani oydinlashtiruvchi demakdir. Istilohda oydin bo‘lmagan masalani istinbot asoslariga tayanib, aniqlik kiritish ddarajasidagi ilmga ega bo‘lgan kishiga nisbatan ishlatiladi.

«Qozi» lug‘atda, hukm qiluvchi demakdir. Istilohda muayyan hukmni lozim etuvchiga aytiladi. Qozi hokim tomonidan tayinlanadi. Guvohligi qabul qilinadigan kishi qozi bo‘lishi mumkin. Rishva (pora) bilan qozilikka erishgan kishi shar'an qozi hisoblanmaydi. Ikki kishi o‘rtalaridagi nizoli masalani hal qilishda qozilikka munosib kishining hukmi bo‘yicha ish qilishga kelishish mumkin. Bunda o‘rtadagi kishining hukmini bajarish ikkisiga ham lozim bo‘ladi. Fisq yo‘liga o‘tgan qozining hukmi maqbul bo‘lmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.