background
logotype
image1 image2 image3

Meros kimlarga va qanday taqsimlanadi?

SavolShariatga ko‘ravafot etgan kishining merosi kimlar o‘rtasida va qay miqdordataqsimlanadi?

JavobDunyodan o‘tgan kishi qoldirgan mol avvalo uning kafaniga, qabrini tayyorlashga isrof va kam qilinmay sarflanadi. So‘ngra qarzi bo‘lsa, uziladi. Bulardan ortib qolgan molining uchdan biridan vasiyat ado etiladi. Shundan keyin Qur'oni karim va sunnati nabaviyyada bayon qilinganidek, belgilangan merosxo‘rlari o‘rtasida taqsim qilinadi.

Merosdagi ulushlari Qur'oni karimda zikr etilgan kishilar ashobul-faroiz, deyiladi. Ashobul-faroiz o‘n ikki toifa bo‘lib, ularning to‘rttasi er, sakkiztasi ayollardir.

Erlardan: ota, katta ota (otaning otasi), ona biru ota boshqa aka-uka, er - ashobul-faroizdir.

Ayollardan: xotin, qiz, o‘g‘ilning qizi, tug‘ishgan opa-singil, ota biru ona boshqa opa-singil, ona, katta ona (onaning onasi) - ashobul-faroizdir.

Yuqorida o‘n ikki toifaning merosdan qancha va qaysi holda olishlari aniq belgilab qo‘yilgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.