background
logotype
image1 image2 image3

Ko‘p marta zino holatlari ro‘y bergan xonadon (kvartira)da yashash hukmi qanday?

Savol: Ko‘p marta zino holatlari ro‘y bergan xonadon (kvartira)da yashash hukmi qanday?

Javob: Fosiqlar yoki musulmon bo‘lmagan kishilar yashab, ko‘p gunohlarni amalga oshirgan uyni ijaraga olib yashashning zarari yo‘qdir. Chunki mazkur uyga ulardan so‘ng musulmon kishi kelib, u uyni poklaydi, u yerda namoz o‘qiydi, Allohni zikr qiladi, Qur’on tilovati qiladi va natijada shaytonlar makoniga aylangan uyni farishtali uyga aylantiradi. Chunki musulmon kishi Alloh taologa toat qilishi bilan unday uylarni obod qilib yuboradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.