Kechagina men bilan aroq ichib yurgan odam bugun endi taqvodor bo‘lib qoldingmi?!
Savol: Yaqinda sobiq ulfatlarimdan bittasi betimga: «Kechagina men bilan aroq ichib yurgan odam bugun endi taqvodor bo‘lib qoldingmi?! O‘g‘ri qarisa, so‘fi bo‘larkan-da?!» dedi. Dabdurustdan unga nima deb javob qilishni bilmay qoldim. Allohni men singari kech tanigan har bir odamning boshidan shunaqa savdo o‘tsa kerak. Bunday paytlarda qanday muomala qilganimiz ma'qul?
Javob: Sobiq ulfatingizga o‘xshash kimsalarning ta'na - dashnomlariga parvo qilmang. Aqlli kishi iymonga kirgan odamning o‘tmishiga emas, buguniga e'tibor qiladi. Ya'ni, kecha uning aroq ichib yurganiga yoki buzuqchiliklar qilganiga emas, balki shunday buzuq va gunohkor odamning bugun iymon tufayli yaxshi tomonga o‘zgarib qolganiga e'tibor beradi va bunda Allohning qudratini ko‘rib qoyil qoladi.
Sobiq ulfatingiz kabi kimsalarni Allohning o‘zi o‘nglamasa, bandasi bas kelolmaydi. Chunki ularga gap uqtirib bo‘lmaydi. Bizlarning qo‘limizdan keladigani - ularga ham insof, tavfiq va iymon tilashdir. Shoyad Alloh taolo unday kimsalarning ham qalbini o‘ziga moyil qilsa.
Iymonli kishi gapini uqadiganlarga gapirib, o‘zini har qanaqa ta'nalardan baland tutib, toat-ibodatini qilib yuraverishi kerak. Chunki banda o‘ziga o‘xshagan bandalarning malomatidan emas, Alloh taoloning malomatidan qo‘rqishi lozim. Shunda murod hosil bo‘ladi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Ro‘za kitobi
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Tahorat kitobi
- Salovotlar. Istig'for duolari
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
- Ramazon taqvimi (2018 yil / 1439 hijriy)
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.