background
logotype
image1 image2 image3

«Islom dini qoltib qolgan, shuning uchun musulmonlar taraqqiyotda G‘arbdan orqada qolib ketgan», degan iddaolarni eshitib qolamiz. Shu gaplarda jon bormi?

Savol: «Islom dini qoltib qolgan, shuning uchun musulmonlar taraqqiyotda G‘arbdan orqada qolib ketgan», degan iddaolarni eshitib qolamiz. Shu gaplarda jon bormi?

Javob: «Din - qotib qolgan va turg‘unlikda», deydiganlarga biz: islom hech qachon turg‘unlik va qotib qolganlik dini bo‘lmagan, aksincha doimo rivojlanishdagi g‘oyalar, fikrlar va taraqqiyot dini bo‘lgan, buni Qu'oni karim oyatlari o‘n to‘rt asr muqaddam isbotlab qo‘ygan: «Ayting: «Yerda aylanib (Alloh) dastavval qanday qilib yaratganini ko‘ringlar» (Ankabut surasi, 20-oyat)

«Endi inson o‘zining nimadan yaralganiga bir boqsin! U (erkakning) beli bilan (ayolning) ko‘krak qafasi o‘rtasidan otlib chiquvchi bir suvdan yaralgan-ku!» (Toriq surasi, 5-7-oyatlar)

«Axir ular tuyaning qanday yaratilganiga, osmonning qanday ko‘tarib qo‘yilganiga, tog‘larning qanday tiklanganiga va yerning qanday yoyib-tekislab qo‘yilganiga (ibrat nazari bilan) boqmaydilarmi?!» (G‘oshiya surasi, 7-20-oyatlar).

Insonning va hayvonning yaratilishini, tog‘lar va yer qatlamlari, osmon va sayyoralarning yaratilishini kuzatish ularning mavjudligini isbotlab turibdi. Hozirgi paytda ma'danshunoslik va falakiyot, anatomiya va fizika, biologiya va ginekologiya bizga kerakli narsalar ana shulardir. Yer yuzini kezib, ma'lumotlar to‘plash tadqiq etish, o‘rganish, anglash va koinotning yaratilishi qanday boshlanganini shu tariqa kashf etish shuning uchun ham kerak. Bularning hammasi hozir biz bilan tadrijiylik (evolyu'iya)dir. Va biz xato qilishdan qo‘rqmasligimiz kerak, chunki islom mehnat qilib va xatoga yo‘l qo‘yganga bitta ajr, mukofot bersa, mehnat qilib o‘z maqsadiga erishganga ikki baravar ko‘p mukofot beradi. «Bizda din hukmron bo‘lgani uchun Ovrupodan orqada qolganmiz, xudosizlik tufayli Ovrupo ilgarilab ketgan», degan gaplar mutlaqo asosiz. To‘g‘risini aytganda, biz dinimiz da'vatidan, yo‘lidan chekinganligimiz uchun orqada qolib ketdik. Musulmonlar dinning amr- farmonlariga chinakamiga bo‘ysungan paytlarida katta taraqqiyotga erishganlar. Ko‘rfazdan Ummongacha bo‘lgan islom imperiyasi bor edi. O‘shanda dunyoga dong‘i ketgan olimlar bor edi. Ulug‘ qomusiy olim, tibbiyotga ulkan hissa qo‘shgan Abu Ali Ibn Sino, faylasuf Ibn Rushd, Riyozatchi Ibn Haysam, insonshunos Ibn Nafis, kimyogar Jobir ibn Xayyonlar dindor edilar, lekin Allohga ishonish ularning olim bo‘lib yetishuvlariga va ilm-fanda buyuk kashfiyotlar o‘ylab topishlariga to‘sqinlik qilmadi. Butun insoniyat o‘shanda Sharq donishmandligi xazinasi atalmish ulkan ummondan to‘la bahramand bo‘lardi, Falakiyot, fizika, riyoziyot, tilshunoslik sohasidagi juda ko‘p terminlar Ovro‘poga arab tilidan qo‘chirilgan.

G‘arb sharqdan xudosizligi tufayli o‘zib ketgani yo‘q, balki taraqiyotga intilish, ozodlikka erishish tufayli, fanning turli soxalaridagi oilaviy ixtirolar, sanoatdagi kashfiyotlar hisobiga oldinga ketib qoldi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.