background
logotype
image1 image2 image3

«Fiqh» va «faqih» so‘zlarining farqi nimada?

Savol«Fiqh» va «faqih» so‘zlarining farqi nimada?

Javob«Fiqh» so‘zi lug‘atda anglash, fahmlash ma'nolarida keladi. Istilohda esa shar'iy amallar hukmlarining mukammal dalillari asosidagi ilm fiqh, deb ataladi. Fiqhning to‘rt asosiy manbai bor, bular - Qur'oni karim, sunnati nabaviyya, ijmo' va qiyosdir. Fiqh ilmida tahorat, namoz, zakot, ro‘za, haj, bay', vaqf, meros, nikoh, taloq kabi ibodat va muomalalarning masalalari o‘rganiladi. Quduriyning «Muxtasar», Qozixonning «Fatovo», Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya», Ibn Bazzozning «Fatovo» asarlari bu sohadagi yetuk manbalar qatoriga kiradi.

Fiqh ilmining bilimdon olimi, mutaxassisi faqih, deyiladi. Imomi A'zam (Abu Hanifa), Imom Molik, Imom Shofe'iy, Imom Ahmadlar eng buyuk faqihlardir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.